O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, ularning amaliy ijrosini ta’minlash masalalarini muhokama qilish maqsadida Amudaryo tumani hokimligi majlislar zalida yig'ilish bo'lib o'tdi.
Ushbu yig'ilishda Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashi deputatlari, tuman hokimi o‘rinbosari, siyosiy partiyalar Amudaryo tumani Kengashi vakillari, tuman muassasa-tashkilot rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.