Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashi deputatlari Karimov O‘rinbay Tangribergenovich hamda Yusupova Muhabbat Ashirovnalar saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
янв.21
Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashiga 16-sonli “Oybek” saylov okrugidan saylangan deputat Abduramanova Nabira Kenjabayevna o‘z saylov hududida faoliyat olib borayotgan mahalla yettiligi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashining 17-sonli “Qumbosqan” saylov okrugidan saylangan deputat Jarkinbayev Baxodir Salavatovich o‘z saylov hududida hashar ishlarini olib bordi.
янв.21
Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashining 18-sonli “Bog‘yob” saylov okrugidan saylangan deputat Echchanova Bagdagul Sabirovna o‘z saylov hududida hashar ishlarini olib bordi.
янв.21
Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashining 19-sonli “Paxtakor” saylov okrugidan saylangan deputat Ayitov Komiljon Kerimbayevich o‘z saylov hududida hashar ishlarini olib bordi.
янв.21
Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashining 2-sonli “A.Navoiy” saylov okrugidan saylangan deputat Xodjiyev Shodiyar Shamuratovich o‘z saylov hududida hashar ishlarini olib bordi.
янв.21
Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashining 1-sonli “Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputat Xoniyazov Baxram Bazarbayevich o‘z saylov hududida hashar ishlarini olib bordi.
янв.21
Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashiga 2-sonli “A.Navoiy” saylov okrugidan saylangan deputat Xodjiev Shodiyar Shamuratovich tuman markazidan oqib o‘tuvchi “Ellikqal’a” kanali sohil bo‘yida aholiga qulaylik yaratish, hududning obodonligini ta’minlash hamda xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashiga 19-sonli “Paxtakor” saylov okrugidan saylangan deputat Ayitov Komiljon Kerimbayevich tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va qurilish ishlari bilan yaqindan tanishish maqsadida Ellikqal’a OFY hududiga tashrif buyurildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-6-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashi huzuridagi “Kambag‘allikni qisqartirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha komissiya”ning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Murojaatnoma

Har bir mahallada 40 tadan mikroloyiha amalga oshiriladi

2026-yilda “mahallada sanoat va xizmat” loyihasi orqali 10 mingdan ziyod ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish loyihalarini ishga tushirish uchun 5 trln. so‘m kredit beriladi. Har bir mahallada 40 tadan mikroloyihani amalga oshirib, 360 ming aholini ishli qilish uchun mahalla bankirlari va hokim yordamchilariga yana 7,5 trln. so‘m resurs ajratiladi.

Davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida yakuniga yetayotgan yil ham mamlakatimiz uchun g‘oyat murakkab va sinovli bo‘lgani bejiz ta’kidlanmadi. Keskin iqlim o‘zgarishlari, suv va tabiiy resurslar tanqisligi yetmaganidek, geosiyosiy notinchliklar iqtisodiy va siyosiy inqirozlarni yanada kuchaytirdi.

Qanchalik og‘ir bo‘lmasin, ortga qaytmas Yangi O‘zbekiston islohotlari qat’iy davom ettirildi va barcha sohalarda ulkan yutuqlarga erishildi. Albatta, bu xalqimizning, davlatimizning katta yutug‘idir.

O‘tgan yilda tariximizda birinchi marta yalpi ichki mahsulotimiz 145 mlrd dollardan oshdi. Oltin-valyuta zaxiramiz esa ilk bor 60 mlrd. dollarga yetdi. 5 mln. aholi daromadli bo‘lib, ishsizlik darajasi 5,5 dan 4,9 foizga tushdi. Qariyb 1,5 million ehtiyojmand aholi kambag‘allikdan chiqdi va yurtimizda bu bordagi ko‘rsatkich yil boshidagi 8,9 dan 5,8 foizga tushdi.

Eng muhimi, har bir mahalla, har bir xonadon va har bir inson islohotlarimiz samarasini kundalik hayotida his qilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, biz islohotlarni aniq amaliy natijaga aylantirishni o‘rgandik.

Prezidentimiz Murojaatnomada biz Yangi O‘zbekistonni barpo etishda hal qiluvchi bosqichga qadam qo‘yayotganimizni ta’kidlab, iqtisodiyotning barcha sohalarida yuqori samaradorlikka erishish kelgusi yilda ham islohotlarimizning bosh maqsadi bo‘lishini qayd etdi.

Ayniqsa, iqtisodiyotimizning qon tomiriga aylangan kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga har qachongidanda katta e’tibor qaratiladi. Buning isbotini 2026-yilda asosiy soliq stavkalari o‘zgarmasligi yoki tadbirkorlik infratuzilmasi loyihalariga 10 trln. so‘mdan ziyod mablag‘ ajratilishi, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun esa 140 trln. so‘m resurs berilishi, shundan 43 trln. so‘mi xotin-qizlar va yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilishidan ham bilish mumkin.

Shuningdek, 2026-yilda “mahallada sanoat va xizmat” loyihasi orqali 10 mingdan ziyod ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish loyihalarini ishga tushirish uchun 5 trln. so‘m kredit beriladi. Har bir mahallada 40 tadan mikroloyihani amalga oshirib, 360 ming aholini ishli qilish uchun mahalla bankirlari va hokim yordamchilariga yana 7,5 trln. so‘m resurs ajratiladi.

Bunday ma’lumotlarni uzoq davom ettirish mumkin. Maqsad 2026-yilda 1 million odamni doimiy ish bilan ta’minlab, 181 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish, kambag‘allik va ishsizlik darajasini 4,5 foizga tushirishdir. Eng asosiysi, kelgusi yili iqtisodiyotda 6,6 foiz o‘sishni ta’minlab, yalpi ichki mahsulotni 167 mlrd dollarga yetkazdir.

Albatta, bu jarayonda tadbirkorlarimiz hal qiluvchi kuch sifatida maydonga chiqib, sanoat va servis obyektlarini tashkil qilish orqali doimiy ish o‘rni yaratishda yanada faol bo‘lmog‘i lozim. Davlatimiz esa buning uchun zarur bo‘lgan barcha sharoitlarni yaratadi.

Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, biz – bugun 38 milliondan ziyod katta xalqmiz. Mashaqqatli va sharafli mehnatimiz bilan dunyoda hurmat topayotgan, ertangi kunga ishonch bilan dadil borayotgan, matonatli va g‘ururi baland millatmiz. Biz o‘zgarishlarni kutib yashamaymiz, aksincha, ularni o‘zimiz, o‘z aql-zakovatimiz va mas’uliyatli mehnatimiz bilan yaratamiz.

Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi raisi Ashurov Mas'ud Ismoilovich