Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashiga 2-sonli “A.Navoiy” saylov okrugidan saylangan deputat Xodjiev Shodiyar Shamuratovich tuman markazidan oqib o‘tuvchi “Ellikqal’a” kanali sohil bo‘yida aholiga qulaylik yaratish, hududning obodonligini ta’minlash hamda xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashiga 19-sonli “Paxtakor” saylov okrugidan saylangan deputat Ayitov Komiljon Kerimbayevich tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va qurilish ishlari bilan yaqindan tanishish maqsadida Ellikqal’a OFY hududiga tashrif buyurildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-6-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashi huzuridagi “Kambag‘allikni qisqartirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha komissiya”ning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
O‘zbekiston O‘zLiDeP partiyasidan Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashiga 21-sonli “Yangier” saylov okrugidan saylangan deputat Allabergenova Yulduz Farxodovna Aqchako‘l OFYda o‘z saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
янв.21
O‘zbekiston O‘zLiDeP partiyasidan Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashiga 22-sonli “Sharq-yulduzi” saylov okrugidan saylangan deputat Sharipova Dilbarjon Xudaybergenovna Tuproqqal’a mahallasida o‘z saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
янв.21
O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidan Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashiga 5-sonli “Berdaq” saylov okrugidan saylangan deputat O‘rinov Nemat Batirovich Ellikqal’a tuman Cho‘pon mahallasida o‘z saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
янв.21
⚡ Deputat so‘rovi natijasida muammo hal etildi⚡
янв.21
O‘zbekiston Ekologiya partiyasi partiyasidan Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashiga 11-sonli “Ixlos” saylov okrugidan saylangan deputat Sattarov Baxadir Kupalovich Ellikqal’a tuman Ixlos mahallasida o‘z saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Ogoh bo‘ling: firibgarlikka qarshi kurash — davr talabi
Deputat mahallada

 ❄️ Qishning sovug‘ida maktablar issiqmi?  

13-Chimqo‘rg‘on saylov okrugi
deputati M.Usmonova hududdagi 18-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib,
muassasaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini ko‘zdan kechirdi.
 

O‘rganish davomida asosiy
e’tibor quyidagilarga qaratildi:
 

Isitish tizimining sozligi:
Sinf xonalaridagi harorat meyor talablariga javob berishi tekshirildi.
 

Ko‘mir zaxirasi: Qishning
chillasida isitish tizimi to‘xtab qolmasligi uchun jamg‘arilgan yoqilg‘i bazasi
va uning sifati ko‘zdan kechirildi.
 

"Ta’lim maskanida
bolalarning sifatli bilim olishi uchun, avvalo, issiq va qulay sharoit zarur.
Bizning vazifamiz mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf
etishdir," — ta’kidladi deputat.
 

O‘rganish yakunlariga ko‘ra,
mas’ullarga isitish tizimidan samarali foydalanish va energiya tejamkorligini
ta’minlash bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. Mavsum davomida
issiqlik ta’minoti deputatlik nazoratida qoladi.
  

Slide 1 of 2