Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Munosabat
янв.21
Munosabat
янв.21
Munosabat
янв.21
Munosabat
янв.21
Deputat saylovchilari hamda Mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashiga 23-Yangi O‘zbekiston saylov okrugidan saylangan deputat M.Yusupova Mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashiga 18-sonli Bog‘yop saylov okrugidan saylangan deputat B.Echchanova Mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashiga 1-sonli Bo‘ston saylov okrugidan saylangan deputat B.Xoniyazov saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashiga 21-sonli Yangiyer saylov okrugidan saylangan deputat Y.Abdullayeva Mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
“Farzandlari sog‘lom yurt qudratli bo‘lar" loyihasi
Oilaviy ajrimlar: Muammo va uning yechimlari yuzasidan ochiq muloqot

Payariq tumanida oilaviy ajrimlar masalasiga bag‘ishlangan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir Payariq tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G. Isroilova hamda Tuman deputatlar kengashining doimiy komissiya raisi M. Nurmanova boshchiligida Toshhovuz mahallasidagi faollar va “Oqila ayollar” ishtirokida tashkil etildi.

Uchrashuvda ishtirokchilar bugungi kunda nafaqat mamlakatimiz, balki dunyo miqyosida oilalar soni ortib borayotgan bir paytda, afsuski, ajrim holatlarining ham ko‘payib borayotgani borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Ta’kidlanganidek, bu muammo ikki inson o‘rtasidagi shaxsiy munosabatlargina emas, balki jamiyat barqarorligi va kelajagi uchun jiddiy xavf tug‘diradi.

Yig‘ilish davomida ajrimlarning asosiy sabablari — iqtisodiy qiyinchiliklar, o‘zaro tushunmovchilik, ijtimoiy tazyiq, yoshlar orasida oilaviy hayotga tayyorlik darajasining pastligi kabi omillar muhokama qilindi. Ayniqsa, yosh oilalarda tarbiyaviy bo‘shliq, ota-onalarning nazorati yetishmasligi, ommaviy axborot vositalarida noto‘g‘ri namunaviy obrazlarning targ‘ib qilinishi ham muhim omillardan biri sifatida ko‘rsatib o‘tildi.

Yig‘ilish yakunida ajrimlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar, xususan, yoshlarga oilaviy hayotga tayyorgarlik, psixologik yordam ko‘rsatish, mahallalarda “Oqila ayollar” kengashlari faoliyatini kuchaytirish, ijtimoiy-ma’naviy tadbirlarni ko‘paytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

Mazkur uchrashuv mahallada ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, ajrimlarning oldini olish va sog‘lom oilaviy muhitni shakllantirishga xizmat qiladigan muhim qadamlardan biri bo‘ldi. 

Slide 1 of 2