Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi: Mevazor mahallasidagi elektr ta’minoti muammosi hal etildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda tumandagi yoshlar siyosati ijrosini o‘rgandilar.
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Rustamov G‘afur G‘ulom mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi
янв.21
JizzaxTRK kanalida Do’stlik tuman ma’sullari to‘g‘ridan - to‘g‘ri efir tashkil etildi.
янв.21
Deputat_yoshlar_bilan_birga.
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan muhim qadam
янв.21
Deputatlar tashabbuskorlar bilan birga
янв.21
Xalq deputatlari Do‘stlik tumani Kengashining o'n to'rtinchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati va deputatlar Do'stlik tumanida
янв.21
Manas mahallasida yoshlar faoliyati
Farg‘ona tumanida sektor rahbarlari tuman Kengashi deputatlari bilan hamkorlikda faoliyat olib bormoqdalar

Farg‘ona tumanida sektor rahbarlari tuman Kengashi deputatlari bilan hamkorlikda faoliyat olib bormoqdalar

“Mahallabay” va “Fuqarobay” ishlash tizimi bo‘yicha Farg‘ona tumanida samarali va maxsuldor ishlar amalga oshirilmoqda. Bunda sektor rahbarlari va deputatlar o‘zaro hamkorlik qilgan holda tumanda istiqomat qiluvchi fuqarolarni qiynayotgan muammolar yechimi yuzasidan faoliyat olib bormoqdalar.

Mana shunday hamkorlik tadbirlaridan yana biri tumanning Farg‘ona MFY hududida istiqomat qiluvchi fuqarolarni qiynayotgan muammolar yuzasidan 4-sektor rahbari, tuman DSI rahbari I.Sharopov va hudud deputati A.Alobidinovlar ishtirokida “Sayyor qabul” o‘tkazilib, aholini qiynayotgan muammolarni ayrimlarini joyni o‘zida hal qilinishiga erishildi. 

Mana shunday hamkorlik Oqbilol MFYda ham qo‘llab-quvvatlanadi, ya’ni hudud deputati A.Erkaboyev mahalla raisi bilan birgalikda mahalla faollari bilan doimiy uchrashuvlar o‘tkazilib, hududdagi mavjud muammolar va ularni yechish yo‘llarini ham bamaslahat hal qilish usulini qo‘llaydilar va natija o‘zini kuttirmaydi.

Bu esa hamkorliklarning samara berayotganligidan va o‘z navbatida xalqni rozi qilishda manfaatli ekanligini ko‘rsatmoqda.

Mamlakatimizni barqaror rivojlantirish, xalqimiz farovonligini oshirish, fuqarolarimizning o‘z hayotidan rozi bo‘lib, ertangi kunga qat’iy ishonch bilan munosib hayot kechirishini ta’minlash bo‘yicha oldimizga qo‘ygan maqsad va vazifalarni izchil amalga oshirishda faol ishtirok etayotgan deputatlarimizdan minnatdormiz.

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari Ozodaxon Dadajonova, Fayzullo Mirzayev

Slide 1 of 1