Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi: Mevazor mahallasidagi elektr ta’minoti muammosi hal etildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda tumandagi yoshlar siyosati ijrosini o‘rgandilar.
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Rustamov G‘afur G‘ulom mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi
янв.21
JizzaxTRK kanalida Do’stlik tuman ma’sullari to‘g‘ridan - to‘g‘ri efir tashkil etildi.
янв.21
Deputat_yoshlar_bilan_birga.
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan muhim qadam
янв.21
Deputatlar tashabbuskorlar bilan birga
янв.21
Xalq deputatlari Do‘stlik tumani Kengashining o'n to'rtinchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati va deputatlar Do'stlik tumanida
янв.21
Manas mahallasida yoshlar faoliyati
XALQ DEPUTATLARI MIROBOD TUMAN KENGASHINING 88-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

Bugun 8-avgust kuni Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining navbatdagi 88-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishini tuman Kengashi raisi o‘rinbosari, sessiyaga raislik qiluvchi 1-Buyuk Turon saylov okrug deputati Artikova Maxsuma Ismailovna ochdi va olib bordi.

Sessiya kun tartibiga ko’ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-27-sonli Farmonining Mirobod tumanida 2023-yil 1-yarim yillikdagi ijrosi to‘g‘risidagi tuman hokimi v.v.b. A.Salaydinovning hisoboti, Mirobod tumanida qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida tuman prokuraturasi tomonidan 2023-yil 1-yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi tuman prokurori A.G.Axunovning axboroti, Mirobod tumanida huquqbuzarlikka qarshi kurashish va jinoyatchilikni barvaqt oldini olish borasida 2023-yilning 6 oyida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi tuman ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i O.Xodjayevning hisoboti, Mirobod tuman Davlat soliq inspeksiyasining 2023-yilning 2-choragida mahalliy byudjetlar daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, soliqlar va majburiy to‘lovlar kesimida byudjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi to‘g‘risidagi tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i X.T.Inomovning hisobotlari eshitildi.

Sessiyada Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputati Mamanazarov Abduhakim Bozorovich hamda Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputati G’ulomjon Xakimov, Abdullayev Zikirirullo, Naimova Nodira va boshqa deputatlar so‘zga chiqishdilar. Tegishli hisobdorlarga o’z savollarini berib, tizimda yo’l qo’yilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha takliflar berildi.

Slide 1 of 7