Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Raimdjanov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi PF-193-son Farmoni ijrosi yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi.
Marg‘ilon shahar oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Jo‘raboyevaga yo‘llangan so‘rovda “Ayollar daftari” jamg‘armalari mablag‘lari mezonlar asosida qanday yo‘naltirilgani hamda ulardan foydalanish natijasida kambag‘allikdan chiqarilgan oilalar bo‘yicha asoslantirilgan ma’lumot so‘ralgan.
Maqsad: iqtisodiy faollikni oshirish, kichik biznesni rivojlantirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan vazifalar ijrosini ta’minlash.