Xalq deputatlari Mirzacho‘l tuman Kengashiga O‘zASDPdan saylangan 9-Mirzadala okrugi deputati I.Xolmurzayev tomonidan mahalliy Kengash deputati faoliyatining muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiyaning 23-bandi ijrosi yuzasidan o‘zi saylangan Mirzadala mahallasida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar faoliyati o‘rganildi.
🔧 O‘rganishda hududda binolarning tashqi ko‘rinishini zamonaviylashtirish va ta’mirlashda foydalaniladigan mahsulotlarni ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlarning amalga oshirayotgan ishlari, ishlab chiqarish jarayoni hamda yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
🤝 Shuningdek, tadbirkorlar bilan suhbatlashilib, ularning faoliyati, mavjud muammolari va takliflari o‘rganildi.