Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#Deputat_faoliyati

♻️ Tuman Kengashi deputati G. Tursunova tomonidan “Ahmad Yassaviy” mahallasida soliq inspektoriga yuklatilgan vazifalarning amalga oshirilishi holati o‘rganildi.

♻️ O‘rganish davomida mahallada soliq tushumlarini ta’minlash, mavjud soliq bazasini kengaytirish, tadbirkorlik subyektlari va aholi bilan tizimli ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.

♻️ Shuningdek, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarishi, soliq qarzdorliklarini kamaytirish hamda soliq qonunchiligi talablariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

♻️ Mahallada norasmiy faoliyat yuritayotgan shaxslarni aniqlash, norasmiy ish o‘rinlarini qonuniylashtirish va fuqarolarning bandligini ta’minlash masalalari ham ko‘rib chiqildi.

♻️ Bu borada tadbirkorlar va aholi o‘rtasida qonuniy mehnat faoliyatining afzalliklarini keng targ‘ib qilish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3