Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

 DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashining “Agrar, suv xo‘jaligi masalalari
va ekologiya bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib
o‘tdi.
 

Yig‘ilishda kun tartibiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini
boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish
samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5-son Qarorining
tumandagi ijrosi to‘g‘risida tuman suv yetkazib berish xizmati davlat
muassasasining hisoboti muhokama qilindi.
 

Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar
qabul qilinib, mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi.
  

Slide 1 of 1