Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hashar — birdamlik va yaratuvchanlik ramzi
янв.21
Sifat va masʼuliyat — qurilishning asosiy mezoni
янв.21
Tashabbusli budjet loyihasi – amalda!
янв.21
Yoshlar bandligini ta'minlash–bosh maqsad
янв.21
Suv tejovchi texnologiyalar markazi qurilishi bilan tanishuv
янв.21
TAFAKKUR MAYDONIDA SHAXMAT BELLASHUVI
янв.21
YOSHLAR TADBIRKORLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
🌿 CHIQINDILARNI OLIB KETISH TIZIMI NAZORAT TAHLILDAN O‘TKAZILDI
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.Sattarova Bunyodkor MFY hududidagi umumtaʼlim maktabida bunyod etilayotgan sunʼiy qoplamali futbol maydonchasi qurilish ishlari bilan bevosita tanishdi.
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARI KO'MIR BILAN TA'MINLANMOQDA
🏛 Tuman elektr tarmoqlari korxonasida murojaatlar ijrosi o‘rganildi

🏛 Tuman elektr tarmoqlari korxonasida murojaatlar ijrosi o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri B.Amanov hamda tuman Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari F.Muxtorov tomonidan tuman Elektr tarmoqlari korxonasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan nazorat tadbiri o‘tkazildi.
O‘rganish davomida korxonaga kelib tushayotgan murojaatlarning muddatida ko‘rib chiqilishi, tizimga qayd etilishi hamda aholi tomonidan ko‘tarilgan muammolarning amaliy yechimi holati tahlil qilindi. Ayniqsa, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik davrida elektr ta’minotidagi uzilishlar va infratuzilmani yaxshilashga oid murojaatlarga alohida e’tibor qaratildi.
Nazorat yakunida aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash sifatini oshirish yuzasidan korxona mutasaddilariga ko‘rsatmalar berilib, ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.