Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR TADBIRKORLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
🌿 CHIQINDILARNI OLIB KETISH TIZIMI NAZORAT TAHLILDAN O‘TKAZILDI
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.Sattarova Bunyodkor MFY hududidagi umumtaʼlim maktabida bunyod etilayotgan sunʼiy qoplamali futbol maydonchasi qurilish ishlari bilan bevosita tanishdi.
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARI KO'MIR BILAN TA'MINLANMOQDA
янв.21
🌾 Qahramon MFYda kuzgi-to‘qsonbosti ekinlari ekish jarayoni kuzatildi
янв.21
Yoshlar kelajagimiz: A.Navoiy MFYda muhim uchrashuv
янв.21
"Aziya-Med" xususiy klinikasi faoliyati bilan tanishuv
янв.21
YOSH TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT
янв.21
G‘.G‘ulom MFYdagi ishbilarmon ayol faoliyati bilan tanishildi
янв.21
⚽️ 10-son maktab sport inshootlari va "Tashabbusli byudjet" loyihasi doirasidagi qurilish ishlari o‘rganildi
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN KO‘PRIK TA’MIRLANMOQDA

Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashi deputati Sh.Xudoyqulov tomonidan o‘z saylov okrugida fuqarolarning murojaatlari o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, fuqarolar tomonidan Oltin Vodiy MFYdagi Cho‘lpon, Yangi yo‘l hamda Ma’rifat ko‘chalarini Bobur MFYdagi Katta bog‘ ko‘chasi bilan bog‘lovchi zovur ustidagi ko‘prikni ta’mirlash va tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish yuzasidan murojaatlar bildirilgan.

Mazkur murojaatlar deputat tashabbusi bilan o‘rganilib, ayni kunlarda ko‘prikning ustki qismiga metall qoplama yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, ko‘prikni tungi vaqtda xavfsiz va qulay foydalanish imkonini ta’minlash maqsadida yoritish chiroqlarini o‘rnatish bo‘yicha ham tegishli ishlar olib borilmoqda.

Mazkur amaliy ishlar hudud infratuzilmasini yaxshilash, fuqarolar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1