Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hashar — birdamlik va yaratuvchanlik ramzi
янв.21
Sifat va masʼuliyat — qurilishning asosiy mezoni
янв.21
Tashabbusli budjet loyihasi – amalda!
янв.21
Yoshlar bandligini ta'minlash–bosh maqsad
янв.21
Suv tejovchi texnologiyalar markazi qurilishi bilan tanishuv
янв.21
TAFAKKUR MAYDONIDA SHAXMAT BELLASHUVI
янв.21
YOSHLAR TADBIRKORLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
🌿 CHIQINDILARNI OLIB KETISH TIZIMI NAZORAT TAHLILDAN O‘TKAZILDI
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.Sattarova Bunyodkor MFY hududidagi umumtaʼlim maktabida bunyod etilayotgan sunʼiy qoplamali futbol maydonchasi qurilish ishlari bilan bevosita tanishdi.
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARI KO'MIR BILAN TA'MINLANMOQDA
“Vaqf chorsu” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 7-“Qipchoqariq” saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Nazarova tomonidan “Vaqf chorsu” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuv hamda o‘rganish ishlari olib borildi.

Uchrashuv va o‘rganish jarayonida mahalla raisi R.Matfozilov bilan hududda mavjud muammolar, aholini qiynab kelayotgan masalalar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Shuningdek, mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, mavjud infratuzilmani yaxshilash hamda aholi uchun munosib sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.

Uchrashuv davomida fuqarolar bilan ishlash tizimi, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va muammolarni manzilli hal etish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

“Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ko‘maklashish borasidagi faoliyat yuzasidan fikr almashildi.

️Hududdagi mavjud muammolarni aniqlash, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bosqichma-bosqich bartaraf etish hamda aholi murojaatlariga amaliy yechim topish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va vazifalar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4