Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hashar — birdamlik va yaratuvchanlik ramzi
янв.21
Sifat va masʼuliyat — qurilishning asosiy mezoni
янв.21
Tashabbusli budjet loyihasi – amalda!
янв.21
Yoshlar bandligini ta'minlash–bosh maqsad
янв.21
Suv tejovchi texnologiyalar markazi qurilishi bilan tanishuv
янв.21
TAFAKKUR MAYDONIDA SHAXMAT BELLASHUVI
янв.21
YOSHLAR TADBIRKORLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
🌿 CHIQINDILARNI OLIB KETISH TIZIMI NAZORAT TAHLILDAN O‘TKAZILDI
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.Sattarova Bunyodkor MFY hududidagi umumtaʼlim maktabida bunyod etilayotgan sunʼiy qoplamali futbol maydonchasi qurilish ishlari bilan bevosita tanishdi.
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARI KO'MIR BILAN TA'MINLANMOQDA
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi L.Toshquvvatov
tomonidan tumandagi 2-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining yangi o‘quv yiliga hamda 2026–2027-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida maktabda o‘quv jarayonini yangi o‘quv yilida sifatli tashkil etish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sinf xonalari, sport zali, sanitariya-gigiyena holati hamda bino va inshootlarning mavsumga tayyorgarligi ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida isitish tizimlarining sozligi, mavjud jihozlarning holati, maktab hududining obodonlashtirilishi va xavfsizlik talablariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, maktabni yangi o‘quv yiliga puxta tayyorlash hamda kuz-qish mavsumini barqaror va xavfsiz o‘tkazish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolarni belgilangan muddatlarda bartaraf etish va ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun munosib, xavfsiz hamda qulay sharoitlarni ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 6