Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hashar — birdamlik va yaratuvchanlik ramzi
янв.21
Sifat va masʼuliyat — qurilishning asosiy mezoni
янв.21
Tashabbusli budjet loyihasi – amalda!
янв.21
Yoshlar bandligini ta'minlash–bosh maqsad
янв.21
Suv tejovchi texnologiyalar markazi qurilishi bilan tanishuv
янв.21
TAFAKKUR MAYDONIDA SHAXMAT BELLASHUVI
янв.21
YOSHLAR TADBIRKORLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
🌿 CHIQINDILARNI OLIB KETISH TIZIMI NAZORAT TAHLILDAN O‘TKAZILDI
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.Sattarova Bunyodkor MFY hududidagi umumtaʼlim maktabida bunyod etilayotgan sunʼiy qoplamali futbol maydonchasi qurilish ishlari bilan bevosita tanishdi.
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARI KO'MIR BILAN TA'MINLANMOQDA
#haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #13_band #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Alpomish” mahallasida ko‘p qavatli uylar atrofidagi obodonlashtirish va tozalik holati o‘rganildi

Termiz shahrida mahallalar hududini obodonlashtirish, ko‘p qavatli uy-joy fondini saqlash, fuqarolar uchun qulay va munosib yashash sharoitlarini yaratish borasidagi ishlar deputatlik nazorati doirasida izchil o‘rganilmoqda.

Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi, 14-“Alpomish” saylov okrugidan saylangan deputat A.Choriyev, viloyat Kengashi kotibiyati mudiri, deputat Sh.Boyqulov, Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda kotibiyat xodimlari tomonidan Termiz shahridagi “Alpomish” mahallasida Oliy Majlis Senati tomonidan mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “Eng muhim 24 ta yo‘nalish” mezonlari doirasida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Nazorat jarayonida mazkur mezonlarning 13-bandida belgilangan — boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligi, ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari (pod’yezdlari), ularga tutash hududlarning tozaligi va obodonligi, shuningdek, yoritilish holati bevosita joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida ko‘p qavatli uylar atrofida amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari, hududlarning sanitariya va tozalik holati, ichki yo‘laklarning saqlanishi hamda tungi yoritish tizimlarining holatiga alohida e’tibor qaratildi. Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Bunday nazorat-tahlil tadbirlari mahallalarda aholining kundalik hayotiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi masalalarni aniqlash, ularni mas’ullar bilan birgalikda muhokama qilish hamda hududlarda obodonlik va osoyishtalikni ta’minlashga qaratilgan ishlarning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6