Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLAR TADBIRKORLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
🌿 CHIQINDILARNI OLIB KETISH TIZIMI NAZORAT TAHLILDAN O‘TKAZILDI
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.Sattarova Bunyodkor MFY hududidagi umumtaʼlim maktabida bunyod etilayotgan sunʼiy qoplamali futbol maydonchasi qurilish ishlari bilan bevosita tanishdi.
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARI KO'MIR BILAN TA'MINLANMOQDA
янв.21
🌾 Qahramon MFYda kuzgi-to‘qsonbosti ekinlari ekish jarayoni kuzatildi
янв.21
Yoshlar kelajagimiz: A.Navoiy MFYda muhim uchrashuv
янв.21
"Aziya-Med" xususiy klinikasi faoliyati bilan tanishuv
янв.21
YOSH TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT
янв.21
G‘.G‘ulom MFYdagi ishbilarmon ayol faoliyati bilan tanishildi
янв.21
⚽️ 10-son maktab sport inshootlari va "Tashabbusli byudjet" loyihasi doirasidagi qurilish ishlari o‘rganildi
AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA DAROMADLARINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINMOQDA

Masala yuzasidan shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘ining hisoboti tinglanib, belgilangan vazifalar ijrosi va erishilgan natijalar tahlil qilinmoqda.

Shuningdek, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Mustafakulov Abdikadir Djuraxolovich tomonidan masala yuzasidan axborot berilmoqda.

Muhokama davomida yangi doimiy ish o‘rinlarini yaratish, aholining daromad manbalarini kengaytirish, norasmiy ish o‘rinlarini legallashtirish, aholini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hamda kambag‘allikka tushib qolish xavfi mavjud oilalar bilan manzilli ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Deputatlar tomonidan mas’ullarga savollar berilib, belgilangan ko‘rsatkichlarni yil yakuniga qadar to‘liq bajarish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va aholining bandligini ta’minlash yuzasidan taklif va mulohazalar bildirilmoqda.

Slide 1 of 1