Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D. Qo‘shnazarov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D. Abdrimova hamda Ijtimoiyat mahallasida faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari tomonidan hududda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
🔹 O‘rganish davomida:
aholining bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar;
ishsiz fuqarolarni doimiy va mavsumiy ish bilan ta’minlash;
tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlaridan foydalanish;
aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar;
ehtiyojmand oilalar bilan individual ishlash holati
tahlil qilindi.
📌 Shuningdek, mavjud muammolarni aniqlash, aholining daromadlarini oshirish hamda oilalarning iqtisodiy faolligini kuchaytirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.