O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan Xalq deputatlari Zarafobod tumani Kengashining 11-«Do‘stlik» saylov okrugi deputati X. Ismatov hamda «Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan saylangan 12-«Barlos» saylov okrugi deputati O‘. Boyjanova Zarafobod tumani Yorqin mahallasida o‘rganish ishlarini olib bordilar.
O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 24 iyundagi PF-116-son Farmonida belgilangan vazifalar mahallada qanday amalga oshirilayotgani ko‘rib chiqildi.
Xususan, mahallada aholi murojaatlari bilan ishlash, fuqarolarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy masalalarni hal etish hamda hududni obodonlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Shuningdek, aholi bilan suhbatlashilib, ularni qiynayotgan muammolar tinglandi va mavjud masalalarni hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.