Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hashar — birdamlik va yaratuvchanlik ramzi
янв.21
Sifat va masʼuliyat — qurilishning asosiy mezoni
янв.21
Tashabbusli budjet loyihasi – amalda!
янв.21
Yoshlar bandligini ta'minlash–bosh maqsad
янв.21
Suv tejovchi texnologiyalar markazi qurilishi bilan tanishuv
янв.21
TAFAKKUR MAYDONIDA SHAXMAT BELLASHUVI
янв.21
YOSHLAR TADBIRKORLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
🌿 CHIQINDILARNI OLIB KETISH TIZIMI NAZORAT TAHLILDAN O‘TKAZILDI
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.Sattarova Bunyodkor MFY hududidagi umumtaʼlim maktabida bunyod etilayotgan sunʼiy qoplamali futbol maydonchasi qurilish ishlari bilan bevosita tanishdi.
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARI KO'MIR BILAN TA'MINLANMOQDA
Jamoat xavfsizligi — xalq osoyishtaligining muhim kafolati

Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida  “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi Qonun muhokama qilindi.
Mazkur hujjat bilan Milliy gvardiyaning jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, ommaviy tartibsizliklar va g‘ayriqonuniy harakatlarga chek qo‘yish, terrorizmga qarshi kurashish hamda favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishdagi vakolatlari yana-da aniqlashtirilmoqda.
Deputat G.Suvonqulovaning ta’kidlashicha, bu kabi qonunchilikdagi o‘zgarishlar jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning tinchligi va osoyishtaligini asrash, huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ayniqsa, huquqbuzarliklarning oqibatlariga qarshi kurashish bilan bir qatorda, ularning sabab va shart-sharoitlarini barvaqt aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan profilaktik choralarni kuchaytirish jamiyat xavfsizligini ta’minlashda samarali yondashuvdir.
Deputat sifatida G. Suvonqulova xalq bilan muloqot, jamoat xavfsizligi va yoshlar manfaatlarini himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratish zarur, deb hisoblaydi. Zero, xavfsiz va barqaror muhit — yosh avlodning sifatli ta’lim olishi, kasb egallashi va o‘z salohiyatini erkin namoyon etishi uchun muhim shartdir

Slide 1 of 2