Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hashar — birdamlik va yaratuvchanlik ramzi
янв.21
Sifat va masʼuliyat — qurilishning asosiy mezoni
янв.21
Tashabbusli budjet loyihasi – amalda!
янв.21
Yoshlar bandligini ta'minlash–bosh maqsad
янв.21
Suv tejovchi texnologiyalar markazi qurilishi bilan tanishuv
янв.21
TAFAKKUR MAYDONIDA SHAXMAT BELLASHUVI
янв.21
YOSHLAR TADBIRKORLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
🌿 CHIQINDILARNI OLIB KETISH TIZIMI NAZORAT TAHLILDAN O‘TKAZILDI
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.Sattarova Bunyodkor MFY hududidagi umumtaʼlim maktabida bunyod etilayotgan sunʼiy qoplamali futbol maydonchasi qurilish ishlari bilan bevosita tanishdi.
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARI KO'MIR BILAN TA'MINLANMOQDA
ISH REJA IJROSI

Sardoba tumanida yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqotlarni yo‘lga qo‘yish, ularning muammolarini o‘rganish hamda amaliy yechimlar ishlab chiqishga qaratilgan tadbirlar izchil davom ettirilmoqda. “Payshanba – Yoshlar kuni” doirasida Sardoba tumani hokimi, deputat Ziyadulla Karimov hamda tuman deputati Bo‘tayev Bunyodning xorijda mehnat qilayotgan va ta’lim olayotgan yoshlar bilan navbatdagi onlayn uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Ochiq muloqot davomida yoshlar o‘zlarini qiynayotgan masalalar, kelgusidagi rejalari va takliflarini erkin bayon etdilar. Jumladan, xorijda ta’lim olayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, huquqiy maslahatlar berish, ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish hamda ularning tuman bilan doimiy aloqasini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, xorijda mehnat faoliyatini olib borayotgan yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni zarur ma’lumot va maslahatlar bilan ta’minlash, mamlakatga qaytgach, munosib ish va tadbirkorlik imkoniyatlaridan foydalanishlari uchun shart-sharoit yaratish yuzasidan takliflar bildirildi. Muloqot davomida ilgari surilgan har bir taklif va murojaat mas’ullar tomonidan qayd etilib, ularni o‘rganish va amaliy yechim topish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi. Bunday ochiq muloqotlar xorijdagi yoshlar bilan mustahkam aloqalarni yo‘lga qo‘yish, ularning muammolarini bevosita o‘rganish va yoshlar manfaatlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Sardoba tumanida yoshlarning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda har bir yoshga e’tibor qaratish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 7