Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hashar — birdamlik va yaratuvchanlik ramzi
янв.21
Sifat va masʼuliyat — qurilishning asosiy mezoni
янв.21
Tashabbusli budjet loyihasi – amalda!
янв.21
Yoshlar bandligini ta'minlash–bosh maqsad
янв.21
Suv tejovchi texnologiyalar markazi qurilishi bilan tanishuv
янв.21
TAFAKKUR MAYDONIDA SHAXMAT BELLASHUVI
янв.21
YOSHLAR TADBIRKORLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
🌿 CHIQINDILARNI OLIB KETISH TIZIMI NAZORAT TAHLILDAN O‘TKAZILDI
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.Sattarova Bunyodkor MFY hududidagi umumtaʼlim maktabida bunyod etilayotgan sunʼiy qoplamali futbol maydonchasi qurilish ishlari bilan bevosita tanishdi.
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARI KO'MIR BILAN TA'MINLANMOQDA
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 34-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

#sessiya #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 34-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

🏛 Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining navbatdagi 34-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Suhrob Saifnazarov ham faol ishtirok etib, kun tartibiga kiritilgan dolzarb masalalar yuzasidan muhokamalarda qatnashdi.

🔺 Sessiyada “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026-yil ikkinchi mavsumida “Ochiq budjet” axborot portali orqali g‘olib deb topilgan loyihalarning manzilli ro‘yxatini tasdiqlash hamda ularni moliyalashtirish uchun mablag‘larni yo‘naltirish masalasi ko‘rib chiqildi.

🏫 Shuningdek, Yangihayot tumani maktabgacha va maktab ta’limi tizimida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni betalafot o‘tkazish, shuningdek, tumanda “Soyali sayr ko‘chasi”ni barpo etish masalalari yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosarlari hamda tegishli tashkilot rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

💰 Sessiya davomida tuman mahalliy budjetining 2026-yildagi qo‘shimcha manbalari mablag‘larini tegishli xarajatlarga yo‘naltirish, tadbirkorlik subyektlari bilan tuzilgan shartnomalar asosida chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatlari uchun tariflarni tasdiqlash bilan bog‘liq masalalar ham deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilindi.

💬 Toshkent shahar Kengashi deputati Suhrob Saifnazarov ham kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirib, hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda belgilangan vazifalarning samarali ijrosini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratdi.

✅ Sessiya yakunida kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga vazifalar belgilandi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10