Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hashar — birdamlik va yaratuvchanlik ramzi
янв.21
Sifat va masʼuliyat — qurilishning asosiy mezoni
янв.21
Tashabbusli budjet loyihasi – amalda!
янв.21
Yoshlar bandligini ta'minlash–bosh maqsad
янв.21
Suv tejovchi texnologiyalar markazi qurilishi bilan tanishuv
янв.21
TAFAKKUR MAYDONIDA SHAXMAT BELLASHUVI
янв.21
YOSHLAR TADBIRKORLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
🌿 CHIQINDILARNI OLIB KETISH TIZIMI NAZORAT TAHLILDAN O‘TKAZILDI
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.Sattarova Bunyodkor MFY hududidagi umumtaʼlim maktabida bunyod etilayotgan sunʼiy qoplamali futbol maydonchasi qurilish ishlari bilan bevosita tanishdi.
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARI KO'MIR BILAN TA'MINLANMOQDA
#nazorat tadbiri #deputat faoliyati

Yozning so'nggi issiq kunlari o'tib borayotgani sayin shahrimizdagi  cho'milish havzalari va hordiq chiqarish maskanlarida yurtdoshlarimiz oqimi hamon yuqori. Xususan,  "Delfin" akvaparki ham fuqarolarimiz, ayniqsa, bolajonlarning sevimli go'shalaridan biriga aylangan.

Aholining maroqli hamda eng asosiysi xavfsiz hordiq chiqarishini ta'minlash maqsadida Xalq deputati Faxriddin Matasimov tomonidan  ushbu maskanda bo'lib, yaratilgan sharoitlar va ish jarayonlarini atroflicha o'rgandi.

O'rganishlar davomida quyidagilarga alohida e'tibor qaratildi:
🔹 Sanitariya va gigiyena talablari: Suvning tozalik darajasi, zamonaviy filtrlash va dezinfeksiya tizimlarining uzluksiz ishlashi hamda laboratoriya nazorati.
🔹 Xavfsizlik choralari: Suvda qutqarish xizmati xodimlarining shayligi, birinchi tibbiy yordam ko'rsatish nuqtalarining jihozlangani va xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi.
🔹 Xizmat ko'rsatish sifati: Tashrif buyuruvchilar uchun yaratilgan qulayliklar va servislarning belgilangan me'yorlarga mosligi.
"Fuqarolarimiz va ayniqsa farzandlarimizning salomatligi hamda xavfsizligi har narsadan ustun. Har bir cho'milish maskani belgilangan davlat standartlariga to'liq javob berishi va aholiga yuqori darajada xizmat ko'rsatishi shart," — deb ta'kidladi deputat F.Matasimov.

O'rganishlar yakunida aniqlangan ba'zi kamchiliklarni bartaraf etish hamda mavsum so'ngiga qadar xavfsizlik va tozalik nazoratini yanada kuchaytirish bo'yicha mas'ullarga tegishli tavsiya va ko'rsatmalar berildi.

Slide 1 of 8