Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hashar — birdamlik va yaratuvchanlik ramzi
янв.21
Sifat va masʼuliyat — qurilishning asosiy mezoni
янв.21
Tashabbusli budjet loyihasi – amalda!
янв.21
Yoshlar bandligini ta'minlash–bosh maqsad
янв.21
Suv tejovchi texnologiyalar markazi qurilishi bilan tanishuv
янв.21
TAFAKKUR MAYDONIDA SHAXMAT BELLASHUVI
янв.21
YOSHLAR TADBIRKORLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
🌿 CHIQINDILARNI OLIB KETISH TIZIMI NAZORAT TAHLILDAN O‘TKAZILDI
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.Sattarova Bunyodkor MFY hududidagi umumtaʼlim maktabida bunyod etilayotgan sunʼiy qoplamali futbol maydonchasi qurilish ishlari bilan bevosita tanishdi.
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARI KO'MIR BILAN TA'MINLANMOQDA
#ichki ko'chalar holati #deputat nazorati

Olmaliq shahar Ibn Sino mahallasi hududidagi ichki koʻchalarning bugungi holati hudud deputati Oybek Qurolboyev tomonidan atroflicha oʻrganildi.
Oʻrganishlar davomida mahalladagi taʼmirtalab koʻchalar joyiga chiqqan holda koʻzdan kechirildi hamda aholini qiynab kelayotgan yoʻl muammolari atroflicha tahlil qilindi.

Muammoning yechimi — "Tashabbusli budjet"da!
Mahalla raisi bilan olib borilgan muloqot chogʻida ushbu ichki koʻchalarni asfaltlash masalasi "Tashabbusli budjet" (Open Budget) loyihasiga kiritilganligi taʼkidlandi.
Shu munosabat bilan deputat Oybek Qurolboyev mahalla yettiligi va tashabbuskor fuqarolar bilan uchrashib:
Loyihada faol ishtirok etish hamda gʻoliblikni qoʻlga kiritish boʻyicha aniq takliflarni ilgari surdi;
Ovoz berish jarayonida aholining jipsligi va uyushqoqligini taʼminlash muhimligini aytib oʻtdi.
“Mahallamiz obodligi va yoʻllarimiz ravonligi barchamizning ahilligimiz va faolligimizga bogʻliq. Birgalikda harakat qilsak, bu muammoni albatta ijobiy hal etamiz,” — deb taʼkidladi deputat.
Deputat tomonidan ushbu masala toʻliq nazoratga olindi va loyihani amalga oshirishda mahalla ahliga yaqindan koʻmak berilishi bildirildi.

Slide 1 of 6