35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🌱 Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan ko‘chat ekish ishlari davom etmoqda
янв.21
🇺🇿 “DO‘STLIK” PODSTANSIYASI MODERNIZATSIYA QILINMOQDA ⚡️
янв.21
Yangi o'quv yiliga tayyorgarlik va bitiruvchilar qamrovi nazoratda
янв.21
Mahalla va deputat hamkorligi: Murojaatlar e’tiborda, muammolarga yechim topilmoqda
янв.21
🟢 Bunyodkorlik ishlari va ekologik loyihalar deputat nazoratida
янв.21
Kitob — bilim va ma’naviyat manbai
янв.21
Yoshlar — yurtimiz kelajagi, sport esa ularning yuksak marralar sari ishonchli qadamidir!
янв.21
🩺 Ayollar salomatligi – e’tibor markazida
янв.21
Barkamol avlod – yurt kelajagi: Deputat sport ob’ektlari holatini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat tashabbusi: Mevazor mahallasidagi elektr ta’minoti muammosi hal etildi
Deputat sayyor qabulida mahallalardagi dolzarb muammolar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva Olmazor tumanidagi 9-“G'alaba” saylov okrugiga qarashli “Yuqori Beshqo‘g‘on” MFYda sayyor qabul o‘tkazib, fuqarolar hamda mahalla “yettiligi” vakillari bilan ochiq muloqot olib bordi.

📌 Uchrashuv davomida aholi tomonidan bildirilgan murojaat, taklif va muammolar tinglandi. Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

🗣 Shuningdek, “Yuqori Beshqo‘g‘on” MFY raisi va fuqarolar ishtirokida Go‘zalbog‘ ko‘chasida to‘planib qolgan chiqindi uyumlari, ularning sanitariya holati hamda aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillar yuzasidan mavjud muammolar joyida tahlil qilindi.

📝 Muloqot jarayonida deputatlik faoliyatini yanada samarali tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan 24 ta tavsiyaviy savol hamda Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatida foydalanish tavsiya etilgan 162 ta muhim qonun talablari asosida hududdagi mavjud holat kompleks o‘rganildi. Xususan, jamoat xavfsizligi, mahalla obodonchiligi, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yoshlar bandligi va boshqa dolzarb yo‘nalishlar yuzasidan fikr almashildi.

🔎 Fuqarolar tomonidan bildirilgan barcha murojaat va takliflar deputat tomonidan “Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari”ga qayd etilib, ularning har biri alohida deputatlik nazoratiga olindi. Muammolarni bosqichma-bosqich hal etish, zarur hollarda deputatlik so‘rovlari kiritish hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yechim topish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

📨 Uchrashuv yakunida noqonuniy qurilmalar, chiqindilarni bartaraf etish, ijtimoiy himoya masalalari va fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan boshqa muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborishga kelishib olindi.

🤝 Kengash raisi Sh.Umarxodjayeva fuqarolar bilan doimiy ochiq muloqot olib borish, mahallalardagi muammolarni tizimli o‘rganish hamda ularning amaliy yechimiga erishish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi.

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 10