35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o'quv yiliga tayyorgarlik va bitiruvchilar qamrovi nazoratda
янв.21
Mahalla va deputat hamkorligi: Murojaatlar e’tiborda, muammolarga yechim topilmoqda
янв.21
🟢 Bunyodkorlik ishlari va ekologik loyihalar deputat nazoratida
янв.21
Kitob — bilim va ma’naviyat manbai
янв.21
Yoshlar — yurtimiz kelajagi, sport esa ularning yuksak marralar sari ishonchli qadamidir!
янв.21
🩺 Ayollar salomatligi – e’tibor markazida
янв.21
Barkamol avlod – yurt kelajagi: Deputat sport ob’ektlari holatini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat tashabbusi: Mevazor mahallasidagi elektr ta’minoti muammosi hal etildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda tumandagi yoshlar siyosati ijrosini o‘rgandilar.
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Rustamov G‘afur G‘ulom mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi
📌 Hokim yordamchisi faoliyati va yosh tadbirkor qo‘llab-quvvatlanishi o‘rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Aralbayeva Inkar Karlibayevna “Jayxun” MFYda hokim yordamchisi A.Kudaybergenov tomonidan kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandi.

🤝 Dastlab hokim yordamchisi bilan amalga oshirilayotgan ishlar, hududda tadbirkorlikni rivojlantirish va fuqarolarni daromadli mehnatga jalb etish yuzasidan suhbat o‘tkazildi.

🏪 Shundan so‘ng yangidan tadbirkorlik faoliyatini boshlagan fuqaro K.Serimbetovning ish jarayoni joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi. Ta’kidlanishicha, hokim yordamchisi ko‘magida tadbirkorga o‘z savdo do‘konini tashkil etish uchun kredit ajratilishiga amaliy yordam ko‘rsatilgan.

📈 O‘rganish davomida bunday manzilli ko‘mak fuqarolarning o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishi, yangi daromad manbalarini yaratishi va kambag‘allikni qisqartirishda muhim omil ekani qayd etildi.

🌱 Har bir qo‘llab-quvvatlangan tashabbus — yangi ish o‘rinlari, barqaror daromad va farovon hayot sari qo‘yilgan muhim qadamdir.

Slide 1 of 1