35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o'quv yiliga tayyorgarlik va bitiruvchilar qamrovi nazoratda
янв.21
Mahalla va deputat hamkorligi: Murojaatlar e’tiborda, muammolarga yechim topilmoqda
янв.21
🟢 Bunyodkorlik ishlari va ekologik loyihalar deputat nazoratida
янв.21
Kitob — bilim va ma’naviyat manbai
янв.21
Yoshlar — yurtimiz kelajagi, sport esa ularning yuksak marralar sari ishonchli qadamidir!
янв.21
🩺 Ayollar salomatligi – e’tibor markazida
янв.21
Barkamol avlod – yurt kelajagi: Deputat sport ob’ektlari holatini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat tashabbusi: Mevazor mahallasidagi elektr ta’minoti muammosi hal etildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda tumandagi yoshlar siyosati ijrosini o‘rgandilar.
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Rustamov G‘afur G‘ulom mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi
CHUQURSOY MFY HUDUDIDA TA’MIRLASH VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI

 CHUQURSOY MFY HUDUDIDA TA’MIRLASH VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Dilorom Axmedova tomonidan “Chuqursoy” MFY hududidagi ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari — (podyezdlari)da olib borilayotgan ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi.

🔹 O‘rganish davomida ko‘p qavatli uylarning umumiy holati, ta’mirlash ishlarining sifati, sanitariya-obodonlashtirish masalalari hamda aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar ko‘rib chiqildi.

⚖️ Deputat faoliyatining huquqiy asoslari:

📘 “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonun
Deputatlarning hududdagi muammolarni o‘rganishi, fuqarolar manfaatlarini ifodalashi va tegishli masalalarni Kengash hamda mas’ul tashkilotlar oldiga qo‘yishi uchun huquqiy asos.

📘 “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun Deputatning saylovchilar bilan ishlashi, ularning murojaatlarini o‘rganishi, deputatlik so‘rovi va boshqa vakolatlarini amalga oshirish tartibini belgilaydi.

📘 “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonun Ko‘p kvartirali uylarning umumiy mol-mulkini saqlash, undan foydalanish va boshqarish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi.

🎯 Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta ustuvor yo‘nalish doirasida hududlarni obodonlashtirish, ko‘p qavatli uylar infratuzilmasini yaxshilash, aholiga qulay va munosib yashash sharoitlarini yaratish hamda mavjud muammolarga amaliy yechim topish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

📌 Deputatning hududlardagi o‘rganishlari — aholi manfaatlarini himoya qilish va mavjud muammolarni amaliy hal etishga qaratilgan muhim faoliyatdir.

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 9