35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o'quv yiliga tayyorgarlik va bitiruvchilar qamrovi nazoratda
янв.21
Mahalla va deputat hamkorligi: Murojaatlar e’tiborda, muammolarga yechim topilmoqda
янв.21
🟢 Bunyodkorlik ishlari va ekologik loyihalar deputat nazoratida
янв.21
Kitob — bilim va ma’naviyat manbai
янв.21
Yoshlar — yurtimiz kelajagi, sport esa ularning yuksak marralar sari ishonchli qadamidir!
янв.21
🩺 Ayollar salomatligi – e’tibor markazida
янв.21
Barkamol avlod – yurt kelajagi: Deputat sport ob’ektlari holatini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat tashabbusi: Mevazor mahallasidagi elektr ta’minoti muammosi hal etildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda tumandagi yoshlar siyosati ijrosini o‘rgandilar.
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Rustamov G‘afur G‘ulom mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA MAHALLA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 4-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputat Usipxodjayev Yerlan Ormanovich tomonidan o‘zi saylangan hududdagi “Bo‘ston” mahallasida yoshlar yetakchisining faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.Jarayon davomida mahalla yoshlar yetakchisi Serikbayev Dauren Jumaddilla o‘g‘lining yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi faoliyati yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.O‘rganishlar jarayonida 2026-yilda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 2 nafar yoshning 1 nafariga ta’lim krediti ajratilishiga ko‘maklashilgani, 1 nafari esa doimiy ish bilan ta’minlangani qayd etildi.Shuningdek, uyushmagan yoshlarni “Besh tashabbus” doirasidagi sport musobaqalariga keng jalb etish orqali tuman bosqichida munosib natijalarga erishilgani ta’kidlandi.Shu bilan birga, maktab va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ularning qiziqishlari hamda tanlagan yo‘nalishlari asosida ish bilan ta’minlash yuzasidan manzilli ishlar olib borilayotgani ma’lum qilindi.O‘rganish yakunida deputat tomonidan faoliyat samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.  

Slide 1 of 2