35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o'quv yiliga tayyorgarlik va bitiruvchilar qamrovi nazoratda
янв.21
Mahalla va deputat hamkorligi: Murojaatlar e’tiborda, muammolarga yechim topilmoqda
янв.21
🟢 Bunyodkorlik ishlari va ekologik loyihalar deputat nazoratida
янв.21
Kitob — bilim va ma’naviyat manbai
янв.21
Yoshlar — yurtimiz kelajagi, sport esa ularning yuksak marralar sari ishonchli qadamidir!
янв.21
🩺 Ayollar salomatligi – e’tibor markazida
янв.21
Barkamol avlod – yurt kelajagi: Deputat sport ob’ektlari holatini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat tashabbusi: Mevazor mahallasidagi elektr ta’minoti muammosi hal etildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda tumandagi yoshlar siyosati ijrosini o‘rgandilar.
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Rustamov G‘afur G‘ulom mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi
Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati, Agrar, suv xo‘jaligi, qurilish, kommunal, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi J.Xusanov tomonidan Qo‘qon shahar Uy-joy va kommunal qurilish bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 22-iyundagi O‘RQ-781-sonli “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida mazkur Qonun talablarining amaliyotga tatbiq etilishi, yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish jarayonida fuqarolar va yuridik shaxslarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini ta’minlash, kompensatsiya to‘lovlarini qonunchilik talablariga muvofiq amalga oshirish hamda ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan tashkiliy ishlar yuzasidan mas’ullar tomonidan batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, yer uchastkalarini olib qo‘yish bilan bog‘liq qarorlarni qabul qilish tartibi, mulkdorlar bilan ochiq muloqotni ta’minlash, kompensatsiya mexanizmlarining shaffofligini ta’minlash, fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarni qonuniy asosda hal etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

O‘rganish jarayonida mas’ul xodimlar bilan fikr almashilib, qonun ijrosini yanada samarali tashkil etish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish hamda ushbu yo‘nalishda idoralararo hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3