35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o'quv yiliga tayyorgarlik va bitiruvchilar qamrovi nazoratda
янв.21
Mahalla va deputat hamkorligi: Murojaatlar e’tiborda, muammolarga yechim topilmoqda
янв.21
🟢 Bunyodkorlik ishlari va ekologik loyihalar deputat nazoratida
янв.21
Kitob — bilim va ma’naviyat manbai
янв.21
Yoshlar — yurtimiz kelajagi, sport esa ularning yuksak marralar sari ishonchli qadamidir!
янв.21
🩺 Ayollar salomatligi – e’tibor markazida
янв.21
Barkamol avlod – yurt kelajagi: Deputat sport ob’ektlari holatini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat tashabbusi: Mevazor mahallasidagi elektr ta’minoti muammosi hal etildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda tumandagi yoshlar siyosati ijrosini o‘rgandilar.
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Rustamov G‘afur G‘ulom mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi
QAROR IJROSI DEPUTATLAR TOMONIDAN JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari faoliyatining samaradorligini oshirish hamda mahalliy Kengashning nazorat funksiyasini kuchaytirish maqsadida ishlab chiqilgan 24 ta tavsiya ijrosi doirasida navbatdagi joyiga chiqish o‘rganishi amalga oshirildi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov boshchiligida 24-Charog‘on saylov okrugi hududida deputat N.Xasanova hamda Kengash kotibiyatining bosh mutaxassislari Z.Yakubova va N.Akbarova ishtirokida Behizor ko‘chasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 8-iyundagi VII-27-43-11-168-K/26-son qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktyabrdagi 665-son qaroriga muvofiq, Marg‘ilon shahridagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxatni tasdiqlash hamda ushbu yo‘nalishdagi ishlarni tizimli tashkil etishga qaratilgan.

Qarorga asosan shahar mahalliy byudjeti hisobidan ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari uchun 4,4 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, belgilangan manzillarda ishlarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi ustidan doimiy nazorat olib borilmoqda.

Joyiga chiqib o‘rganish jarayonida Behizor ko‘chasida amalga oshirilayotgan ishlarning holati, bajarilgan ishlar sifati hamda belgilangan rejalarning ijrosi ko‘zdan kechirildi. Mutasaddilar tomonidan mavjud holat yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi hamda qaror ijrosini belgilangan muddatlarda va sifatli ta’minlash zarurligi alohida ta’kidlandi.

Mahalliy Kengash tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar ijrosini joylarda muntazam o‘rganish, ajratilayotgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi va amalga oshirilayotgan ishlar sifati ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish aholining manfaatlarini ta’minlash hamda hududlarni yanada obod etishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 4