35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o'quv yiliga tayyorgarlik va bitiruvchilar qamrovi nazoratda
янв.21
Mahalla va deputat hamkorligi: Murojaatlar e’tiborda, muammolarga yechim topilmoqda
янв.21
🟢 Bunyodkorlik ishlari va ekologik loyihalar deputat nazoratida
янв.21
Kitob — bilim va ma’naviyat manbai
янв.21
Yoshlar — yurtimiz kelajagi, sport esa ularning yuksak marralar sari ishonchli qadamidir!
янв.21
🩺 Ayollar salomatligi – e’tibor markazida
янв.21
Barkamol avlod – yurt kelajagi: Deputat sport ob’ektlari holatini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat tashabbusi: Mevazor mahallasidagi elektr ta’minoti muammosi hal etildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda tumandagi yoshlar siyosati ijrosini o‘rgandilar.
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Rustamov G‘afur G‘ulom mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi
Yoyilma mahallasidagi murojaat deputat nazoratiga olindi

Fuqarolar murojaatlarini joyiga chiqib o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 13-Yoyilma saylov okrugi deputati X.Abdurahmonov tomonidan bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish Yoyilma mahalla fuqarolar yig‘inining Asilobod ko‘chasida tashkil etildi. Unda mahalla faollari hamda ko‘chaboshilar X.Qozixo‘jayev, O‘.Otajonov va Kimsanjontog‘a ishtirok etib, hudud aholisini tashvishga solayotgan masalalardan biri – elektr uzatish tarmoqlariga yaqin o‘sgan daraxt shoxlari xavfsizlikka tahdid solayotgani yuzasidan murojaat bildirdilar.

Deputat X.Abdurahmonov murojaatni joyida o‘rganib, mavjud holat bilan yaqindan tanishdi. O‘rganish jarayonida mazkur masalani shahar elektr tarmoqlari korxonasi mutaxassislari ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqish, xavfsizlikni ta’minlash hamda muammoni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rish yuzasidan kelishib olindi.

Shuningdek, zarur ruxsatnomalar olingach, elektr tarmoqlariga xavf tug‘dirayotgan daraxt shoxlarini qisqa muddatlarda tartibga keltirish va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarining oldini olish bo‘yicha amaliy ishlarni tashkil etish belgilandi.

Deputat tomonidan murojaatning nazoratga olinishi va uning ijobiy yechimini ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar aholi manfaatlarini himoya qilish, hududlarda xavfsiz va qulay yashash muhitini yaratishga xizmat qilmoqda. Bu kabi joyiga chiqib o‘rganishlar fuqarolar bilan ochiq muloqotni mustahkamlash hamda ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 5