35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o'quv yiliga tayyorgarlik va bitiruvchilar qamrovi nazoratda
янв.21
Mahalla va deputat hamkorligi: Murojaatlar e’tiborda, muammolarga yechim topilmoqda
янв.21
🟢 Bunyodkorlik ishlari va ekologik loyihalar deputat nazoratida
янв.21
Kitob — bilim va ma’naviyat manbai
янв.21
Yoshlar — yurtimiz kelajagi, sport esa ularning yuksak marralar sari ishonchli qadamidir!
янв.21
🩺 Ayollar salomatligi – e’tibor markazida
янв.21
Barkamol avlod – yurt kelajagi: Deputat sport ob’ektlari holatini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat tashabbusi: Mevazor mahallasidagi elektr ta’minoti muammosi hal etildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda tumandagi yoshlar siyosati ijrosini o‘rgandilar.
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Rustamov G‘afur G‘ulom mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi
SARBOZ KO‘CHASIDA O‘RGANISH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI

 SARBOZ KO‘CHASIDA O‘RGANISH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati А.Мўминов, Kengash huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi J.Abdurashidov hamda tuman Kengashi
kotibiyati bosh mutaxassisi A.Fozilov tomonidan Qorashoh mahalla fuqarolar yig‘inida manzilli o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
 

  

O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi sessiyasida muhokama qilinishi rejalashtirilgan masala doirasida “Farg‘ona tozalik sanitar
servis” MChJ Quva tuman filiali tomonidan mahallada ko‘rsatilayotgan sanitariya xizmatlari, maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish ishlari hamda mavjud муаммолар o‘rganildi.
 

  

Shuningdek, deputat Sarboz ko‘chasida ko‘chaboshi Q.Qurbonov va mahalla aholisi bilan uchrashib, fuqarolarni qiynayotgan muammolar yuzasidan suhbatlashdi.

Muloqot davomida chiqindilarni olib chiqish xizmatini yanada yaxshilash zarurligi yuzasidan taklif va murojaatlar bildirildi.
 

  

O‘rganish yakunida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar “Deputatning ko‘cha aylanish daftari”ga qayd etildi. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish
yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli taklif va tavsiyalar berilib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.
  

Slide 1 of 4