35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o'quv yiliga tayyorgarlik va bitiruvchilar qamrovi nazoratda
янв.21
Mahalla va deputat hamkorligi: Murojaatlar e’tiborda, muammolarga yechim topilmoqda
янв.21
🟢 Bunyodkorlik ishlari va ekologik loyihalar deputat nazoratida
янв.21
Kitob — bilim va ma’naviyat manbai
янв.21
Yoshlar — yurtimiz kelajagi, sport esa ularning yuksak marralar sari ishonchli qadamidir!
янв.21
🩺 Ayollar salomatligi – e’tibor markazida
янв.21
Barkamol avlod – yurt kelajagi: Deputat sport ob’ektlari holatini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat tashabbusi: Mevazor mahallasidagi elektr ta’minoti muammosi hal etildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda tumandagi yoshlar siyosati ijrosini o‘rgandilar.
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Rustamov G‘afur G‘ulom mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Sariosiyoda obodonlashtirish ishlarida deputatlar ham faol ishtirok etmoqda
#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
Sariosiyoda obodonlashtirish ishlarida deputatlar ham faol ishtirok etmoqda


Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini mahallabay tashkil etish, hududlarni yanada obod va ko‘rkam maskanga aylantirish hamda aholi uchun qulay yashash muhitini yaratish maqsadida Sariosiyo tumanida "Mahalla obodligi va mehr-sahovat oyligi" doirasida keng ko‘lamli obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va sanitariya-tozalash ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Mazkur tadbirlar Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasining 41-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash doirasida ham tashkil etilmoqda. Jarayonda tuman Kengashi deputatlari, mahalla faollari, nuroniylar, Keksalar maslahat guruhi a’zolari, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etib, hududlarni obod etish yo‘lida munosib hissa qo‘shmoqda.
Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining "1-Sangardak" saylov okrugidan saylangan deputat S.Qosimov faol nuroniylar, Keksalar maslahat guruhi a’zolari hamda mahalla faollari ishtirokida xonadonbay va ko‘chabay obodonlashtirish ishlari tashkil etildi.
Hashar davomida ichki ko‘chalar, piyodalar yo‘laklari, ariq va zovurlar chiqindilardan tozalanib, qabristonlar hamda ziyoratgohlar obodonlashtirildi. Shuningdek, daraxtlar va yo‘l bo‘yidagi devorlar oqlanib, hududlarning sanitariya holatini yaxshilash, atrof-muhitni ozoda saqlash hamda ekologik madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan amaliy ishlar olib borildi.
Bundan tashqari, ko‘chat ekish, gulzorlar barpo etish, mavjud yashil hududlarni kengaytirish va parvarishlash ishlariga alohida e’tibor qaratildi.
Mahalla aholisining tashabbuskorligi va hamjihatligi bilan amalga oshirilayotgan bunday ezgu tadbirlar hududlarning yanada ko‘rkam qiyofa kasb etishi, ekologik muhitning yaxshilanishi hamda aholi uchun yanada qulay yashash sharoitlarini yaratishga xizmat qilmoqda.
Hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish borasidagi bunday amaliy ishlar kelgusida ham izchil davom ettirilib, mahallalarning infratuzilmasini yaxshilash, ozodalik va tartibni ta’minlash, fuqarolarning yashash sifatini oshirishga qaratilgan tashabbuslar muntazam qo‘llab-quvvatlanadi.
Slide 1 of 3