35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o'quv yiliga tayyorgarlik va bitiruvchilar qamrovi nazoratda
янв.21
Mahalla va deputat hamkorligi: Murojaatlar e’tiborda, muammolarga yechim topilmoqda
янв.21
🟢 Bunyodkorlik ishlari va ekologik loyihalar deputat nazoratida
янв.21
Kitob — bilim va ma’naviyat manbai
янв.21
Yoshlar — yurtimiz kelajagi, sport esa ularning yuksak marralar sari ishonchli qadamidir!
янв.21
🩺 Ayollar salomatligi – e’tibor markazida
янв.21
Barkamol avlod – yurt kelajagi: Deputat sport ob’ektlari holatini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat tashabbusi: Mevazor mahallasidagi elektr ta’minoti muammosi hal etildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda tumandagi yoshlar siyosati ijrosini o‘rgandilar.
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Rustamov G‘afur G‘ulom mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi
Tomorqalarni sug‘orish bo‘yicha irrigatsiya ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi, Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Xidirbayev Rashid Xidirbayevich Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Aymbetov bilan birgalikda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan irrigatsiya tadbirlarining borishini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

🌱 Xususan, deputat o‘zi saylangan “Nurli kelajak” MFY 20-Seytmuratov saylov okrugi hududida aholi tomorqalarini sug‘orish suvi bilan barqaror ta’minlash maqsadida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

🔍 O‘rganish davomida irrigatsiya infratuzilmasini yaxshilash, sug‘orish tarmoqlarining samaradorligini oshirish hamda tomorqalardan unumli foydalanish uchun yaratilayotgan sharoitlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

🤝 Ta’kidlanganidek, tomorqalarni suv bilan uzluksiz ta’minlash nafaqat dehqonchilik samaradorligini oshirish, balki oilalarning daromadini ko‘paytirish va “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi maqsadlariga erishishda muhim omillardan biridir.

Slide 1 of 5