35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o'quv yiliga tayyorgarlik va bitiruvchilar qamrovi nazoratda
янв.21
Mahalla va deputat hamkorligi: Murojaatlar e’tiborda, muammolarga yechim topilmoqda
янв.21
🟢 Bunyodkorlik ishlari va ekologik loyihalar deputat nazoratida
янв.21
Kitob — bilim va ma’naviyat manbai
янв.21
Yoshlar — yurtimiz kelajagi, sport esa ularning yuksak marralar sari ishonchli qadamidir!
янв.21
🩺 Ayollar salomatligi – e’tibor markazida
янв.21
Barkamol avlod – yurt kelajagi: Deputat sport ob’ektlari holatini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat tashabbusi: Mevazor mahallasidagi elektr ta’minoti muammosi hal etildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda tumandagi yoshlar siyosati ijrosini o‘rgandilar.
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Rustamov G‘afur G‘ulom mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi
Tuman Kengashi deputati I.Karimova tomonidan xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish masalalariga bag'ishlangan uchrashuv o'tkazildi.

Ushbu uchrashuvda O'zbekiston Respublikasining "Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida"gi Qonunining mazmun-mohiyati, uning amaldagi ijrosi hamda aholi o'rtasida huquqiy madaniyatni oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga nisbatan har qanday tazyiq va zo'ravonlik holatlarining oldini olish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar tomonidan mavjud muammolar ko'tarilib, ularni bartaraf etish bo'yicha taklif va tavsiyalar berildi. Deputat tomonidan mazkur yo'nalishdagi ishlar doimiy nazoratda ekanligi ta'kidlandi.

Ushbu masala va aniqlangan kamchiliklar hafta yakuni bilan Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo'yicha doimiy komissiyasi yig'ilishida muhokama qilinishi ta'kidlandi.

Slide 1 of 3