35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🌱 Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan ko‘chat ekish ishlari davom etmoqda
янв.21
🇺🇿 “DO‘STLIK” PODSTANSIYASI MODERNIZATSIYA QILINMOQDA ⚡️
янв.21
Yangi o'quv yiliga tayyorgarlik va bitiruvchilar qamrovi nazoratda
янв.21
Mahalla va deputat hamkorligi: Murojaatlar e’tiborda, muammolarga yechim topilmoqda
янв.21
🟢 Bunyodkorlik ishlari va ekologik loyihalar deputat nazoratida
янв.21
Kitob — bilim va ma’naviyat manbai
янв.21
Yoshlar — yurtimiz kelajagi, sport esa ularning yuksak marralar sari ishonchli qadamidir!
янв.21
🩺 Ayollar salomatligi – e’tibor markazida
янв.21
Barkamol avlod – yurt kelajagi: Deputat sport ob’ektlari holatini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat tashabbusi: Mevazor mahallasidagi elektr ta’minoti muammosi hal etildi
Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi Shuxrat Fayziyev
19-Minglola saylov okrugi hududida joylashgan 275-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, muassasaning yangi 2026/2027 o‘quv yiliga tayyorgarlik holati hamda sport zalining ahvolini o‘rgandi.

O‘rganish davomida sinf xonalari, o‘quv binolari, muhandislik kommunikatsiyalari, obodonlashtirish ishlari va ta’lim jarayoni uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, sport zalidagi mavjud sharoitlar, sport anjomlari holati va o‘quvchilarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini sifatli tashkil etish imkoniyatlari baholandi.

O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ta’lim muassasasini yangi o‘quv yiliga to‘liq tayyor holga keltirish hamda sport infratuzilmasini yanada takomillashtirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Shuningdek, umumta’lim maktabi yonida piyodalar xavfsizligini ta’minlash uchun piyodalar o‘tish joylarini maxsus yotiqiy chiziqlar, yo‘l belgilari, sun’iy notekisliklar (“baland o‘tish joylari”, “qavariq”) joyini tashkil etish maqsadida, mutasaddi tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Slide 1 of 4