35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🌱 Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan ko‘chat ekish ishlari davom etmoqda
янв.21
🇺🇿 “DO‘STLIK” PODSTANSIYASI MODERNIZATSIYA QILINMOQDA ⚡️
янв.21
Yangi o'quv yiliga tayyorgarlik va bitiruvchilar qamrovi nazoratda
янв.21
Mahalla va deputat hamkorligi: Murojaatlar e’tiborda, muammolarga yechim topilmoqda
янв.21
🟢 Bunyodkorlik ishlari va ekologik loyihalar deputat nazoratida
янв.21
Kitob — bilim va ma’naviyat manbai
янв.21
Yoshlar — yurtimiz kelajagi, sport esa ularning yuksak marralar sari ishonchli qadamidir!
янв.21
🩺 Ayollar salomatligi – e’tibor markazida
янв.21
Barkamol avlod – yurt kelajagi: Deputat sport ob’ektlari holatini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat tashabbusi: Mevazor mahallasidagi elektr ta’minoti muammosi hal etildi
Kambag‘allikdan farovonlik sari: Popda bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi

Kambag‘allikdan farovonlik sari: Popda bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi

Pop tumanining “Anhor” MFY hududida joylashgan “Shofirkon Ekvatorial Teks” MCHJ binosida bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni doimiy ish o‘rinlariga yo‘naltirish maqsadida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.

Unda tuman Kengashi deputati, tuman hokimi G‘ulomjon Murodxo‘jayev boshchiligidagi sektor rahbarlari, viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i, korxona va tashkilotlar vakillari hamda ish izlayotgan yoshlar ishtirok etdi. Mehnat yarmarkasi davomida 20 ta korxona va tashkilot tomonidan 500 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi.

Yoshlar o‘z mutaxassisligi va qiziqishlariga mos ish o‘rinlari bilan tanishib, ish beruvchilar bilan bevosita suhbatlashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.Tadbir yakunida 18 nafar yigit-qizning bandligi ta’minlanib, ularga doimiy ishga qabul qilish bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Slide 1 of 5