Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashiga 9-Botmon okrugidan saylangan deputat Turdiyev Zoyir Axmatkulovich G'allakor va Nakurt mahallalaridagi oilalar holidan xabar oldi hamda xududda olib borilayotgan obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari, ijtimoiy soha obektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o'rganildi. Shuningdek G'allakor mahallasi hududida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida daraxt ko'chatlari ekish ishlari tashkil etildi, hashar yo'li bilan qurilayotgan Nakurt mahallasi yangi xizmat binosining qurilish ishlari ko'zdan kechirildi va qurilish ishlarini “Mahalla byudjeti” mablag'lari hisobidan moliyalashtirish hamda ushbu mablag'lardan samarali foydalanish bo'yicha mas'ullar tomonidan tegishli ko'rsatmalar berib o'tildi.