Uchquduq tumanida 3-dekabr "Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan tadbir tashkil etildi
Uchquduq tuman hokimligi tomonidan 3 dekabr "Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan "Al qasr" majmuasida "Siz hamisha e’tibor va e’zozdasiz" shiori ostida bayram kechasi tashkil etildi.
Tadbirni Uchquduq tuman hokimi o‘rinbosari N.Muratov ochib, yig‘ilgan mehmonlarni bayram bilan qutladi.
Bayram dasturxoni atrofida nogironligi bo‘lgan shaxslar va ularning yaqinlari ishtirok etdilar.
Xotin-qizlar bo‘limi, "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi direktori, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Xudoyqulov, Nogironlar jamiyati tomonidan bayram sovg‘alari ulashildi. Qizilqum madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan bayram dasturida musiqiy chiqishlar namoyish etildi. Tadbir yakunida bayram qatnashchilari ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amхo‘rlik uchun tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirdilar.