Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🩺 Ayollar salomatligi – e’tibor markazida
янв.21
Barkamol avlod – yurt kelajagi: Deputat sport ob’ektlari holatini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat tashabbusi: Mevazor mahallasidagi elektr ta’minoti muammosi hal etildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda tumandagi yoshlar siyosati ijrosini o‘rgandilar.
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Rustamov G‘afur G‘ulom mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi
янв.21
JizzaxTRK kanalida Do’stlik tuman ma’sullari to‘g‘ridan - to‘g‘ri efir tashkil etildi.
янв.21
Deputat_yoshlar_bilan_birga.
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan muhim qadam
янв.21
Deputatlar tashabbuskorlar bilan birga
янв.21
Xalq deputatlari Do‘stlik tumani Kengashining o'n to'rtinchi sessiyasi
Fuqarolar murojaati o‘rganildi

Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.

Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi raisi R.Meliqo‘ziev, 16-Qo‘qonboy saylov okrugidan saylangan deputat N.Olimov hamda Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zosi T.Yuldashevlar tomonidan “Qo‘qonboy” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan ichki yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi, elektr ta’minoti, obodonlashtirish, bandlik va boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ularni qonuniy hal etish yuzasidan tegishli tashkilot va idoralarga deputatlik so‘rovlari yuborildi hamda masalalar ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

Bunday uchrashuvlar aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularni bartaraf etish va fuqarolar manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 1