Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Barkamol avlod – yurt kelajagi: Deputat sport ob’ektlari holatini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat tashabbusi: Mevazor mahallasidagi elektr ta’minoti muammosi hal etildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda tumandagi yoshlar siyosati ijrosini o‘rgandilar.
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Rustamov G‘afur G‘ulom mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi
янв.21
JizzaxTRK kanalida Do’stlik tuman ma’sullari to‘g‘ridan - to‘g‘ri efir tashkil etildi.
янв.21
Deputat_yoshlar_bilan_birga.
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan muhim qadam
янв.21
Deputatlar tashabbuskorlar bilan birga
янв.21
Xalq deputatlari Do‘stlik tumani Kengashining o'n to'rtinchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati va deputatlar Do'stlik tumanida
#Munosabat

ʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni mamlakatimizda ijtimoiy himoya tizimini tubdan takomillashtirish, aholining ehtiyojmand qatlamlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda inson manfaatlarini taʼminlash borasidagi muhim hujjatlardan biri bo‘ldi.

Mazkur Farmon bilan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini zamonaviy va adolatli mexanizmlar asosida tashkil etish, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish hamda davlat tomonidan ajratilayotgan yordamlarning manzilliligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

Farmonda:

🔹 aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniqlash va ularga manzilli yordam ko‘rsatish;

🔹 nogironligi bo‘lgan shaxslar, keksalar, boquvchisini yo‘qotgan oilalar hamda kam ta’minlangan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash;

🔹 ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda byurokratik to‘siqlarni qisqartirish;

🔹 ijtimoiy yordam ajratishda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash;

🔹 mahallabay ishlash tizimini yanada kuchaytirish;

🔹 davlat organlari hamda mas’ul tashkilotlar faoliyati ustidan samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish kabi muhim vazifalar belgilab berildi.

Ayniqsa, “Inson qadri uchun” tamoyili asosida har bir fuqaroning murojaati, ehtiyoji va muammosiga individual yondashish tizimi joriy etilishi aholining davlatga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Bugungi kunda mahallalarda ehtiyojmand oilalarni aniqlash, ularga ijtimoiy, moddiy va huquqiy ko‘mak ko‘rsatish, tibbiy va psixologik xizmatlarni kengaytirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur Farmon esa ushbu yo‘nalishdagi ishlarning samaradorligini oshirib, aholining turmush darajasini yaxshilashga xizmat qiladi.

Shuningdek, mahalliy Kengashlar tomonidan Farmon ijrosi yuzasidan doimiy monitoring olib borilishi, hududlarda ijtimoiy xizmatlarning sifati va samaradorligi ustidan deputatlik nazoratining kuchaytirilishi ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Yurtimizda inson manfaatlarini ta’minlash, aholining munosib hayot kechirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda kuchli ijtimoiy himoya tizimini shakllantirish borasidagi islohotlar izchil davom etmoqda.

✨ Inson qadri va xalq manfaatlari — eng ustuvor maqsad!

Xalq deputatlari Qo‘ng‘irot tumani Kengashi raisi M.Marmuratova
#MahalliyKengash
#PrezidentFarmoni
#IjtimoiyHimoya
#InsonQadri
#AholiManfaati
#MahallabayIshlash
#OchiqlikVaShaffoflik
#DeputatlikNazoratı 

Slide 1 of 1