35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🌱 Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan ko‘chat ekish ishlari davom etmoqda
янв.21
🇺🇿 “DO‘STLIK” PODSTANSIYASI MODERNIZATSIYA QILINMOQDA ⚡️
янв.21
Yangi o'quv yiliga tayyorgarlik va bitiruvchilar qamrovi nazoratda
янв.21
Mahalla va deputat hamkorligi: Murojaatlar e’tiborda, muammolarga yechim topilmoqda
янв.21
🟢 Bunyodkorlik ishlari va ekologik loyihalar deputat nazoratida
янв.21
Kitob — bilim va ma’naviyat manbai
янв.21
Yoshlar — yurtimiz kelajagi, sport esa ularning yuksak marralar sari ishonchli qadamidir!
янв.21
🩺 Ayollar salomatligi – e’tibor markazida
янв.21
Barkamol avlod – yurt kelajagi: Deputat sport ob’ektlari holatini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat tashabbusi: Mevazor mahallasidagi elektr ta’minoti muammosi hal etildi
XALQ DEPUTATLARI YUNUSOBOD TUMAN KENGASHINING 20-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

Yunusobod tumani prokurorining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–1-son qarori ijrosi yuzasidan 2026-yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi axboroti;

Yunusobod tumani IIO FMB boshlig‘ining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–1-son qarori ijrosi yuzasidan 2026-yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti;

Yunusobod tumanini 2026-yilda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga muvofiq 2026-yilning I choragi uchun belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlar ijrosi to‘g‘risida;
Yunusobod tumani mahalliy budjetining 2026-yilda shakllangan qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risida;

Yunusobod tumani mahalliy budjetining 2026-yil birinchi choragi yakunlari bo‘yicha ijrosi hamda tuman mahalliy budjeti daromadlar bazasini oshirish yuzasidan joriy yilning birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;

Yunusobod tumanida “Besh tashabbus olimpiadasi”ni o‘tkazish va g‘oliblarni taqdirlash bilan bog‘liq xarajatlar uchun “Yoshlar daftari” jamg‘armasidan mablag‘ yo‘naltirish to‘g‘risida;

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi deputatlik guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-noyabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etish orqali jismoniy reabilitatsiya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–389-son qarori ijrosini o‘rganish natijalari to‘g‘risida.

Muhokamalar davomida deputatlar mas’ullarning hisobotlarini tinglab, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Sessiya yakunida barcha masalalar atroflicha tahlil qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 5