35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🌱 Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan ko‘chat ekish ishlari davom etmoqda
янв.21
🇺🇿 “DO‘STLIK” PODSTANSIYASI MODERNIZATSIYA QILINMOQDA ⚡️
янв.21
Yangi o'quv yiliga tayyorgarlik va bitiruvchilar qamrovi nazoratda
янв.21
Mahalla va deputat hamkorligi: Murojaatlar e’tiborda, muammolarga yechim topilmoqda
янв.21
🟢 Bunyodkorlik ishlari va ekologik loyihalar deputat nazoratida
янв.21
Kitob — bilim va ma’naviyat manbai
янв.21
Yoshlar — yurtimiz kelajagi, sport esa ularning yuksak marralar sari ishonchli qadamidir!
янв.21
🩺 Ayollar salomatligi – e’tibor markazida
янв.21
Barkamol avlod – yurt kelajagi: Deputat sport ob’ektlari holatini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat tashabbusi: Mevazor mahallasidagi elektr ta’minoti muammosi hal etildi
⚡️ Nosoz elektr sim ustuni bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi

📢 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati tomonidan tumanning Asavey va Zamondosh mahallalari hududidan o‘tuvchi Mamnun ko‘chasining 26-uyi oldida joylashgan elektr sim ustunining nosoz holati yuzasidan tegishli tashkilotga deputat so‘rovi yuborildi.
🔍 Aniqlanishicha, mazkur hududdagi elektr sim ustuni nosoz holatga kelib qolgan bo‘lib, bu fuqarolar hayoti va xavfsizligi uchun jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Ayniqsa, ushbu ko‘chadan piyodalar hamda transport vositalarining muntazam harakatlanishi muammoning dolzarbligini yanada oshirmoqda. 🛣
⚠️ Shu munosabat bilan Shovot tumani elektr ta’minoti boshlig‘i I. Qalandarov nomiga yuborilgan 51-ds-448-26-sonli deputat so‘rovida mazkur muammoni zudlik bilan bartaraf etish hamda zarur xavfsizlik choralarini ko‘rish so‘ralgan.
⚖️ Shuningdek, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasiga asosan, ushbu deputat so‘roviga qonunchilikda belgilangan muddatda javob taqdim etilishi so‘ralgan.
✅ Fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va hududdagi mavjud muammolarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.

Slide 1 of 2