Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi: Mevazor mahallasidagi elektr ta’minoti muammosi hal etildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda tumandagi yoshlar siyosati ijrosini o‘rgandilar.
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Rustamov G‘afur G‘ulom mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi
янв.21
JizzaxTRK kanalida Do’stlik tuman ma’sullari to‘g‘ridan - to‘g‘ri efir tashkil etildi.
янв.21
Deputat_yoshlar_bilan_birga.
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan muhim qadam
янв.21
Deputatlar tashabbuskorlar bilan birga
янв.21
Xalq deputatlari Do‘stlik tumani Kengashining o'n to'rtinchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati va deputatlar Do'stlik tumanida
янв.21
Manas mahallasida yoshlar faoliyati
Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi

 Joriy yilning 28-aprel kuni xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq 26-sessiyasi boʻlib oʻtdi. 

Sessiya ishiga viloyat hokimining oʻrinbosarlari, tegishli viloyat boshqarmalari rahbarlari, jamoat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. 

Sessiyani xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi Jamol Rajabboyevich Ashurov boshqarib bordi.  

Kun tartibidagi birinchi masala “Buxoro shahar “Nizomiy Ganjaviy” hamda “Gulchorbogʻ” MFYlar hududidagi yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish toʻgʻrisida” Buxoro shahar hokimi Q.Tursunov soʻzga chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-fevraldagi tegishli qarori hamda 2026-yil 19-fevraldagi 34-son yigʻilish bayoniga muvofiq, Buxoro shahrining “Nizomiy Ganjaviy” hamda “Gulchorbogʻ” MFYlari hududida zamonaviy mehmonxonalar va xizmat koʻrsatish obyektlari, bank xizmatlari markazlarini oʻz ichiga olgan yangi turizm majmuasi hamda viloyatning yangi maʼmuriy markazi barpo etilishi munosabati bilan yangi avtomobil yoʻli qurilishi haqida Buxoro shahar hokimi Q.Tursunov axborot berdi.  

Shundan soʻng sessiyada navbatdagi masala “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida” viloyat adliya boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Sh.Baxronovning axboroti tinglandi.  

Shuningdek, xalq deputatlari viloyat Kengashi vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar ham koʻrib chiqildi. Bu borada deputatlarning ham fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi. 

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan xalq deputatlari viloyat Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.  

Slide 1 of 8