Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi: Mevazor mahallasidagi elektr ta’minoti muammosi hal etildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda tumandagi yoshlar siyosati ijrosini o‘rgandilar.
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Rustamov G‘afur G‘ulom mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi
янв.21
JizzaxTRK kanalida Do’stlik tuman ma’sullari to‘g‘ridan - to‘g‘ri efir tashkil etildi.
янв.21
Deputat_yoshlar_bilan_birga.
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan muhim qadam
янв.21
Deputatlar tashabbuskorlar bilan birga
янв.21
Xalq deputatlari Do‘stlik tumani Kengashining o'n to'rtinchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati va deputatlar Do'stlik tumanida
янв.21
Manas mahallasida yoshlar faoliyati
Aholi muammolari tinglandi - kommunal xizmatlar sifati muhokamada

Aholi muammolari tinglandi - kommunal xizmatlar sifati muhokamada

 🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining “19-Farhod” saylov okrugi deputati Tuxtasinov Ilhomjon Madaminovich tomonidan tuman hokimligi mas’ul rahbarlari bilan birgalikda saylangan hududda fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda deputatning navbatdagi fuqarolar qabuli sifatida “Ko‘hna Cho‘pon ota” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazildi.

 📊 Uchrashuv davomida hududdagi boshqaruv servis kompaniyalari (BSK) faoliyati ham atroflicha o‘rganildi. Aniqlanishicha, mazkur mahalla hududiga 2 ta — “Elga xizmat” va “Ariba klass” boshqaruv servis kompaniyalari xizmat ko‘rsatadi. Biroq fuqarolar tomonidan ushbu tashkilotlar faoliyatidan qoniqarsiz holatlar mavjudligi bildirildi.

 💬 Xususan, 5-A ko‘p qavatli uy aholisi “Elga xizmat” BSK tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati pastligi, ayrim hollarda esa umuman ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun ortiqcha to‘lovlar talab qilinayotganidan norozilik bildirishdi. Shu munosabat bilan deputat va mas’ullar tomonidan BSK idorasiga borilib, 24 soatlik dispetcherlik xizmati faoliyati, ishchi-xodimlar holati hamda moddiy-texnik baza tanqidiy o‘rganildi.

 ❗️ Shuningdek, uchrashuvda 13/1-A uyda joylashgan 75-xonadon aholisidan biri — fuqaro X.Qosimova tomonidan uy oldidan o‘tuvchi ariqqa suv to‘planib qolishi muammosi ko‘tarildi. Ushbu holat sanitariya va yashash sharoitlariga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etildi.

 📁 Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan barcha muammo va kamchiliklar qayd etilib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish maqsadida tuman hokimining o‘rinbosariga deputatlik so‘rovi kiritilishi belgilandi.

Slide 1 of 8