Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hashar — birdamlik va yaratuvchanlik ramzi
янв.21
Sifat va masʼuliyat — qurilishning asosiy mezoni
янв.21
Tashabbusli budjet loyihasi – amalda!
янв.21
Yoshlar bandligini ta'minlash–bosh maqsad
янв.21
Suv tejovchi texnologiyalar markazi qurilishi bilan tanishuv
янв.21
TAFAKKUR MAYDONIDA SHAXMAT BELLASHUVI
янв.21
YOSHLAR TADBIRKORLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
🌿 CHIQINDILARNI OLIB KETISH TIZIMI NAZORAT TAHLILDAN O‘TKAZILDI
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.Sattarova Bunyodkor MFY hududidagi umumtaʼlim maktabida bunyod etilayotgan sunʼiy qoplamali futbol maydonchasi qurilish ishlari bilan bevosita tanishdi.
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARI KO'MIR BILAN TA'MINLANMOQDA
BUNYODKORLIK BUGUNDAN BOSHLANADI

 ✅Mahalliy kengash raisi tomonidan ijtimoiy sohaning muhim tarmog‘i bo‘lgan ta’lim tizimida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yosh avlod kamoli yo‘lida yaratilayotgan imkoniyatlar, imtiyozlar, shu bilan birga hozirgi o‘smir-yoshlar ta’lim-tarbiyasidagi e’tibor talab jihatlar xususida batafsil tushunchalar berildi. 

✅Yangi O‘zbekistonning bir bo‘lagi bo‘lgan yangilanayotgan Uchko‘prik tumanidagi o‘zgarishlar, bunyodkorlik ishlarida yoshlarning o‘rni hamda sog‘lom turmush tarziga erishishda sport va jismoniy madaniyatning ahamiyati, sport turlari bo‘yicha uchko‘priklik yoshlarning viloyat, respublika, Osiyo, jahon sport arenalarida qo‘lga kiritayotgan yuksak g‘alabalari tufayli ular tumanning iftixoriga aylanayotgani e’tirof etildi. 

✅Davra suhbatida bugun hududlarda innovatsiya va ilm-fanni qo‘llab-quvvatlash borasidagi keng ko‘lamli ishlar o‘z samarasini berayotgani, ayniqsa, bugungi kun yoshlarini o‘zi tanlagan sohasiga qiziqishini yanada oshirish, layoqati bor yigit-qizlarni ta’limga va mutaxassisligiga to‘g‘ri yo‘naltirish ta’lim-tarbiyada erishajak yutuqlarning birlamchi omili ekani ta’kidlandi. 

✅Ertaga mehnat bozoriga kirib keladigan yoshlarni hayotga tayyorlash, zamonaviy kasblar to‘g‘risidagi tushunchalarini kengaytirish, kasbiy va nokasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha grant dasturlar, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va ularning qiziqishlari hamda qobiliyatlarini inobatga olib, kasb-hunarga yo‘naltirish borasida amalga oshiriladigan loyihalar haqida qiziqarli ma’lumotlar berilishi bilan davra suhbati yoshlar xotirasida qoladigan bo‘ldi. 

  Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1