35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🌱 Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan ko‘chat ekish ishlari davom etmoqda
янв.21
🇺🇿 “DO‘STLIK” PODSTANSIYASI MODERNIZATSIYA QILINMOQDA ⚡️
янв.21
Yangi o'quv yiliga tayyorgarlik va bitiruvchilar qamrovi nazoratda
янв.21
Mahalla va deputat hamkorligi: Murojaatlar e’tiborda, muammolarga yechim topilmoqda
янв.21
🟢 Bunyodkorlik ishlari va ekologik loyihalar deputat nazoratida
янв.21
Kitob — bilim va ma’naviyat manbai
янв.21
Yoshlar — yurtimiz kelajagi, sport esa ularning yuksak marralar sari ishonchli qadamidir!
янв.21
🩺 Ayollar salomatligi – e’tibor markazida
янв.21
Barkamol avlod – yurt kelajagi: Deputat sport ob’ektlari holatini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat tashabbusi: Mevazor mahallasidagi elektr ta’minoti muammosi hal etildi
Deputat nazorati

SALOMATLIK – ENG OLIY QADRIYAT: TIBBIY XIZMATLAR KO‘ZDAN KECHIRILDI

Aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish, ayniqsa, mahallalardagi tibbiyot muassasalarining shayligini ta’minlash ustuvor vazifalarimizdan biridir.

3-G‘allaquduq saylov okrugi deputati M. Nishanova hududidagi G‘allaquduq MFY tibbiyot punkti faoliyati hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar holati o‘rganildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, tibbiyot punktida aholiga birlamchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgani, muassasa kerakli jihozlar va dori-darmonlar bilan ta’minlangani, shuningdek, bemorlarni qabul qilish va ko‘rikdan o‘tkazish xonalari talab darajasida shay holatga keltirilgani aniqlandi.

Muloqot davomida tibbiyot xodimlari bilan aholi o‘rtasida profilaktika ishlarini kuchaytirish, ayniqsa, keksalar va bolalar salomatligiga alohida e’tibor qaratish bo‘yicha fikr almashildi. 

Slide 1 of 1