35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🌱 Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan ko‘chat ekish ishlari davom etmoqda
янв.21
🇺🇿 “DO‘STLIK” PODSTANSIYASI MODERNIZATSIYA QILINMOQDA ⚡️
янв.21
Yangi o'quv yiliga tayyorgarlik va bitiruvchilar qamrovi nazoratda
янв.21
Mahalla va deputat hamkorligi: Murojaatlar e’tiborda, muammolarga yechim topilmoqda
янв.21
🟢 Bunyodkorlik ishlari va ekologik loyihalar deputat nazoratida
янв.21
Kitob — bilim va ma’naviyat manbai
янв.21
Yoshlar — yurtimiz kelajagi, sport esa ularning yuksak marralar sari ishonchli qadamidir!
янв.21
🩺 Ayollar salomatligi – e’tibor markazida
янв.21
Barkamol avlod – yurt kelajagi: Deputat sport ob’ektlari holatini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat tashabbusi: Mevazor mahallasidagi elektr ta’minoti muammosi hal etildi
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi raisining Nurafshon MFYda o‘tkazgan uchrashuvi davomida aholi tomonidan ko‘tarilgan muammolar yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, mazkur uchrashuvda bildirilgan murojaat asosida shahar Kengashi deputati S.Jurayeva hududga chiqib, holatni joyida o‘rgandi.

Murojaatga ko‘ra, “Nurafshon” MFY Amin daryo ko‘chasida joylashgan kanal orqali tomorqalarga suv yetkazib berishga xizmat qiladigan damba hozirgi kunda nosoz holatga kelib qolgan. Mazkur inshootning avariyaviy ahvolda ekani aholi o‘rtasida jiddiy xavotir uyg‘otmoqda. Agar ushbu muammo o‘z vaqtida bartaraf etilmasa, tomorqalarni sug‘orishda qiyinchiliklar yuzaga kelishi hamda boshqa salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Deputat tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish jarayonida muammo atroflicha tahlil qilinib, masalani ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rish yuzasidan taklif va tashabbuslar ilgari surildi.

Slide 1 of 4