35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🌱 Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan ko‘chat ekish ishlari davom etmoqda
янв.21
🇺🇿 “DO‘STLIK” PODSTANSIYASI MODERNIZATSIYA QILINMOQDA ⚡️
янв.21
Yangi o'quv yiliga tayyorgarlik va bitiruvchilar qamrovi nazoratda
янв.21
Mahalla va deputat hamkorligi: Murojaatlar e’tiborda, muammolarga yechim topilmoqda
янв.21
🟢 Bunyodkorlik ishlari va ekologik loyihalar deputat nazoratida
янв.21
Kitob — bilim va ma’naviyat manbai
янв.21
Yoshlar — yurtimiz kelajagi, sport esa ularning yuksak marralar sari ishonchli qadamidir!
янв.21
🩺 Ayollar salomatligi – e’tibor markazida
янв.21
Barkamol avlod – yurt kelajagi: Deputat sport ob’ektlari holatini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat tashabbusi: Mevazor mahallasidagi elektr ta’minoti muammosi hal etildi
Investitsiya va taraqqiyot: "Shodlik" mahallasida zamonaviy uy-joylar qurilmoqda

🗣Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati A.Karimov “Shodlik” mahallasi vakillari hamda shahar Investitsiyalarni jalb qilish va eksport sho‘basi bosh mutaxassisi M.Temirov ishtirokida hududdagi muhim investitsiya loyihasining borishini o‘rgandilar.

⏺“Shodlik” mahallasi hududida “NEW BRIGHT HOUSES” MCHJ tomonidan investitsiya loyihasi doirasida zamonaviy ko‘p qavatli uy-joylar barpo etilmoqda. 

💬Uchrashuv davomida qurilish ishlarining bugungi holati, loyihaning sifat darajasi va belgilangan rejalarning ijrosi atroflicha muhokama qilindi.

✔️Deputat va mutaxassislar tomonidan qurilish jarayonida yuzaga kelayotgan masalalar tahlil qilindi. Mazkur loyiha joriy yilning III choragi yakunida to‘liq foydalanishga topshirilishi belgilangan.

💬Deputat A.Karimov qurilish ishlarining sifatli bajarilishi va belgilangan muddatda yakunlanishi aholi farovonligi uchun muhimligini ta’kidlab, jarayonni doimiy nazorat qilib borishini bildirdi.

Slide 1 of 2