35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar — yurtimiz kelajagi, sport esa ularning yuksak marralar sari ishonchli qadamidir!
янв.21
🩺 Ayollar salomatligi – e’tibor markazida
янв.21
Barkamol avlod – yurt kelajagi: Deputat sport ob’ektlari holatini ko‘zdan kechirdi.
янв.21
Deputat tashabbusi: Mevazor mahallasidagi elektr ta’minoti muammosi hal etildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda tumandagi yoshlar siyosati ijrosini o‘rgandilar.
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Rustamov G‘afur G‘ulom mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi
янв.21
JizzaxTRK kanalida Do’stlik tuman ma’sullari to‘g‘ridan - to‘g‘ri efir tashkil etildi.
янв.21
Deputat_yoshlar_bilan_birga.
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan muhim qadam
янв.21
Deputatlar tashabbuskorlar bilan birga
Xalq deputatlari Zomin tumani Kengashi raisi D.Begmatova hamda kotibiyat mudiri M.G‘oibnazarovlar “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan monitoring o‘tkazdi.

Monitoring davomida ta’lim muassasasida o‘quv jarayonining tashkil etilishi, o‘qituvchilarning malakasi, darslarning sifat darajasi hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar atroflicha o‘rganildi. 

O‘rganish jarayonida qonun talablariga rioya etilishi, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ishlar va o‘quvchilarni har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.

Mas’ullar bilan o‘tkazilgan suhbatda mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar muhokama qilinib, ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish, sifatni oshirish hamda qonun ijrosini to‘liq ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Ta’kidlanganidek, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun talablarini amalda to‘liq ta’minlash yosh avlodning sifatli ta’lim olishi va barkamol bo‘lib voyaga yetishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 2