Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tashabbusi: Mevazor mahallasidagi elektr ta’minoti muammosi hal etildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Yoshlar maslahat guruhi bilan hamkorlikda tumandagi yoshlar siyosati ijrosini o‘rgandilar.
янв.21
Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Rustamov G‘afur G‘ulom mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi
янв.21
JizzaxTRK kanalida Do’stlik tuman ma’sullari to‘g‘ridan - to‘g‘ri efir tashkil etildi.
янв.21
Deputat_yoshlar_bilan_birga.
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan muhim qadam
янв.21
Deputatlar tashabbuskorlar bilan birga
янв.21
Xalq deputatlari Do‘stlik tumani Kengashining o'n to'rtinchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati va deputatlar Do'stlik tumanida
янв.21
Manas mahallasida yoshlar faoliyati
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

#DOIMIY_KOMISSIYA_YIGILISHI

Xalq deputatlari shahar Kengashi huzuridagi doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi!

Yig'ilishda, kun tartibiga kiritilgan dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilinib, tegishli mas’ullar hisobotlari tinglandi.

Kun tartibidagi masalalar:

️Mahalliy budjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida budjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi yuzasidan shahar Soliq inspeksiyasi rahbari D.Inatovaning hisoboti.

️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Oliy Majlisiga yo‘llagan murojaatnomadagi 5-yo‘nalishi, “Ekologik muvozanatni ta’minlash” borasida va 2025-yil 21-apreldagi PF-71-son Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘i S.Xudoyberdiyevning hisoboti.

️Shirin shahrida ijtimoiy reyestrdagi I guruh nogironligi bo‘lgan va mehnatga layoqatli a’zosi bo‘lmagan oilalar xonadonlari ta’mirlash orqali energiya samaradorligini oshirish ijtimoiy loyihasini moliyalashtirish ro‘yxatini ma’qullash to‘g‘risida.

️Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari tomonidan 2026-yil 1-chorak davomida yuborilgan “Deputat so‘rov”lari ijrosi to‘g‘risida. 

️Shahar mahalliy budjetining 2026-yilda shakillangan qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida.

Yig‘ilish davomida har bir masala yuzasidan deputatlar tomonidan taklif va mulohazalar bildirilib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 4